Xorazm vohasida bolsheviklar, qizil armiya kuchlariga qarshi qurolli kurash 1918-yil o’rtalarida boshlanib ketgan edi. Tajovuzkor kuchlar Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To’rtko’l)ni Xiva xonligiga qarshi hujum bazasiga aylantira boshladilar. Chorjo’ydan Amudaryo orqali harbiy kuchlar keltirildi. Xorazmning o’ng qirg’oq hududi XIX asrning 70-yillarida podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinib, harbiy istehkomga aylantirilgan edi.
|
O’zbek davlatchiligi taraqqiyotida mamlakatimizning har bir vohayu vodiysining hissasi bo’lib kelganini biz bir necha bor ko’rdik. Shu ma’noda davlatchiligimiz ibtidosi qaror topgan ko’hna Xorazmda XI— XIII asr boshlarida kechgan siyosiy jarayon va uning tamom mintaqaga ta’siri katta qiziqish uyg’otadi. Biz quyida shu erdan chiqqan, ko’proq xorazmshohlar nomila mashhur sulola faoliyati haqida fikr yuritmoqchimiz.
|
Qal’aning tashkil topishi 1947 yildagi arxeologik qazilmalar davrida topilgan hosildorlik, suv ma’budasi Anaxita haykalchasi va undan bir muncha keyinroq Katqal’adan topilgan Xorazmshoh Artavning zarb qildirgan asosiy pul birliklari hisoblanmish kumush va oltin tangalari bilan bog’liqdir.
|
1863 yil iyun oyida Xiva xonligiga kelgan mashhur venger sayyohi Herman Vamberi “kirakash savdo kemalarida Amudaryodan kechib o’tganligini” yozib qoldirgandi. Demak, Amudaryo orqali savdo-sotiq yuklarini tashish xorazmliklar uchun yangilik emas.
|
Chorizm tomonidan 1873 yilda Xiva xonligining zabt etilishi, xonlikni vassal davlatga aylantirdi. Shu bilan birga eng ko’p savdo aloqalari o’rnatiladigan davlat ham Rossiya bo’lib qoldi. Natijada, Xorazmda avvaldan rus buyumlariga ehtiyoj katta bo’lgani uchun, bu erlarga nafaqat rus savdogarlari tez-tez keladigan, ayni paytda Xorazmliklar ham Orenburg orqali Rossiyaga boradigan bo’lib qolishdi.
|
Одна из редчайших жемчужин в ожерелье городов Узбекистана – Хива. Здесь хранится богатейшее наследство времён Великого Шёлкового пути, сюда, чтобы увидеть ожившую восточную сказку, как и во времена караванов, съезжаются гости со всех концов света. Побывала в Хиве и съёмочная группа программы “Узбекская жизнь”.
|
Tarixda bot-bot uchrab turgan holat. Davlat tepasiga yosh, tajribasiz, siyosiy boshqaruvga layoqatsiz kishini chiqaradi-da, o’zi uning jilovini tutib turadi. Shu orqali behisob boyliklar orttiradi. Ayrim saroy amaldorlarining niyati shu edi. Bunday siyosiy o’yinlar 17 asr oxiri, 18 asr boshlarida avj olgandi. Ammo u bobosi Muhammad Amin, otasi Avaz inoq singari biror kimsani taxtga chiqarib, o’zi siyosat sahnasi ortida o’tirishni ep ko’rmadi. Siyosat maydoni, davlat tepasiga o’zi chiqib, taxtni Eltuzarxon nomi bilan boshqara boshladi. Shu kundan e’tiboran, Xiva xonligida yangi—Qo’ng’irotlar sulolasiga asos solindi…
|
Vakolatiga Xiva xonini nazorat qilish topshirilgan Amudaryo bo’limi boshlig’i qilib tayinlangan harbiylarning aksariyati polkovanik unvoniga ega bo’lgan: Ivanov, Glushanovskiy, A.Samsonov, Dryagin, Likoshin, Kolosovskiy. Ushbu polkovniklar o’zlarini, hatto, Xiva xonidan ham ustun, mutloq hokim sanar, u bilan mensimay muomilada bo’lishardi. Ayniqsa, 1913-1916 yillarda Amudaryo bo’limi boshlig’i bo’lgan polkovnik Kolosovskiy imperiya markazidagi boshboshdoqlik, 1-jahon urushi sarsongarchiligidan foydalanib, boyish iskanjasiga tushdi. U hatto, Xiva xonidan ham pora olardi.
|
Qurollangan 300 nafar askar ixtiyorida zamonaviy oltita to’p ham bor edi. Xon qo’shini esa, garchi son jihatidan ko’p bo’lsa-da, qilich va nayzalargagina ega bo’lgan. Tabiyki, jang kechgan taqdirda Butakovning uch kemaga joylangan 300 ta askari g’olib chiqishi aniq edi. Biroq jang bo’lmadi. Kontradmiral Aleksey Ivanovich Butakov (1816-1869) ekspeditsiyasi bir qancha vaqt Xorazmda bo’lib, ortga qaytdi. Ekspeditsiya safidagi 300 ta askar orasida esa ukrain shoiri Taras Shevchenko ham bor edi…
|
Oila qurmay, hayotini faqat qarindosh urug’lar diydori, do’stlar, ijodkorlar davrasi, saltanat, ijodu ilm tashvishlari ila o’tkazgan yuksak tafakkur sohibining hajga borishdek buyuk orzusi amalga oshmadi. Shuningdek, ul zotning Xorazmga borish orzusi ham armon bo’lib qoldi.
|