Adibning hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam malumot etib kelgan. U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o’g’uz degan joyida yashab ijod qilgan. Bu hozirga Bog’ot tumanining “Qizilrabot” qishlog’iga to’g’ri keladi.
|
Muhammad Yusuf – adabiy taxallusi Bayoniy XIX asr II yarmi va XX asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan zamonasining zabardast tarixnavis olimi, ajoyib shoiri va mohir tarjimoni bo’lgan. Bayoniy tarixnavis olim sifatida “Shajarayi Xorazmshohiy” va “Xorazm tarixi” nomli tarixiy asarlaryni yozdi, qator tarixiy asarlarni arabcha va forschadan o’zbek tiliga tarjima qildi, shoir sifatida esa mukammal devon tuzdi.
|
Бесстрашный борец, отдавший жизнь за свободу и независимость Родины и оставивший неизгладимый след в истории, человек, которого уже более восьми столетий помнит и чтит наш народ, – кем он был, Джалолиддин Мангуберди?
|
Bugun umrini xalq ta’limi ravnag’iga baxshiyda qilgan, mazkur tizimda o’ziga xos ta’lim-tarbiya maktabini yaratgan bu insonni nafaqat xalq ta’limi xodimlari, balki voha ijtimoiy-iqtisodiy turmushining boshqa soxalari vakillari ham yaxshi bilishardi.
|
Xiva xoni, shoir va bastakor. Qo’ng’irotlar sulolasidan. Xiva shahridagi Arab Muhammadxon madrasasida tahsil ko’rgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va olim Doiy, Yusufxo’ja oxun va boshqalardan o’rgangan. Ogahiy Muhammad Rahimxon II - Feruzga ustozlik qilgan, unga she’riyat sirlarini o’rgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan. Otasi Sayid Muhammadxon vafotidan so’ng (1864) Xiva taxtiga o’tirgan.
|
Pahlovon Mahmud 1247 yilda Xiva shahrida po’stindo’z hunarmand oilasida tug’ilgan. Yoshlik yillarda ota kasbi po’stindo’zlik bilan shug’ullangan, so’ngra xat-savod chiqarib, buyuk shoir faylasuf darajasiga erishgan. U juda ham zabardast pahlavon bo’lib 79 yillik hayotida biron marta kuragi erga tegmagan.
|
Xorazmda XII asrning ikkinchi yarmi XIII asr boshlarida yashab ijod etgan shoir al-Qosim ibn al-Husayn ibn Ahmad al-Xorazmiy o’zining sermahsul ijodini arab tilida bayon qilib kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirgan allomadir. Shoir arab tili va adabiyotini juda yaxshi bilgan va o’zi ham shu tilda ajoyib asarlar yaratib bila olgan.
|
XII – XIII asr tasavvufining eng yorqin va eng ulug’ namoyandalaridan biri bo’lmish ulug’ mutafakkir olim Najmiddin Kubro ana shunday buyuk zotlardan biridir. Najmiddin Kubro 1145 yilda Xiva shahrida dunyoga keladi:- uning asl nomi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad al–Xevakiy al– Xorazmiydir. Otasi Umar onasi Bibi Hojar (hozirda qabri Xiva yaqinidagi Sayot qishlog’ida). “Najmiddin”, “Kubro”, “Abuljannob”, “Valiytarosh” so’zlari bul zotga berilgan laqab, unvon va kuniyatdir.
|
Mahmud al-Chag’miniy Xorzmda Anushteginiylar sulolasi hukmronligi davrida ijod qilgan ulug’ siymolarning peshqadamlaridan biri bo’lib, uning ilmiy dunyoqarashi juda yuksak va sermazmun, o’z zamonasida ham uning ilmi yuksak baholangan, o’zining nodir asarlarini bizga meros qilib qoldirgan. Ammo buyuk olimning ilmiy merosi hozirgacha o’rganilgan emas.
|
Uning to’liq ismi Abul Qosim ibn Umar az-Zamahshariy 19 mart 1075 yili Xorazmning Izmiqshir qishlog’ida tug’ilgan, bolaligida varrak uchrayotganida tomdan yiqilib oyog’ini sindirgan va bir umirga nogiron (bir oyog’i singan edi) bo’lib qolgan.
|