Muhammad Аminxon (1817-55) - Xiva xoni (1846-55).
Xiva shahrida va uning atrofida keng miqyosda qurilish va obodonlashtirish ishlarini olib bordi.

Olloqulixonning oʻgʻli. Xiva xonligini iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan oldingi xonlar siyosatini davom ettirdi. Atrofidagi barcha isyonkor turkman qabilalarini boʻysundirdi va xonlik daromadini oshirdi.

Muhammad Аminxon oʻz hukmronligi davrida Xuroson va Marvga 10 martadan koʻproq qoʻshin tortib bordi. Xonlik poytaxti boʻlgan. Xiva shahrida va uning atrofida keng miqyosda qurilish va obodonlashtirish ishlarini olib bordi. Xiva shahrida qurilgan Muhammad Aminxon Madrasasi va uning yonidagi hashamatli Koʻk (Kalta) minora shular jumlasidandir. Hali bitmagan minorani shu davr shoirlari "Falak ayvoniga qoʻyilgan ustundek" deb taʼrifladilar.

Muhammad Аminxon Xorazm poytaxtini Koʻhna Urganch (qadimiy Gurganj)ga koʻchirish uchun u yerda ham koʻp qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Lekin, Saraxs (Turkmaniston)da turkmanlar bilan boʻlgan jangda halok boʻldi.

KO`P O`QILGANLAR