Vaziri Akbar Sayid Islomxo’ja
Islomxo’ja Ibrohimxo’janing ikkinchi o’g’li bo’lib, 1872 yilda tug’ilgan. Badavlat va obro’li oilada o’sgan Islomxo’ja yoshligidan yaxshi tarbiya oldi. Oldin u maxsus o’qituvchilar yordamida savod chiqardi, keyinchalik esa madrasada o’qidi.

Otasi 1882 yilda vazir lavozimiga tayinlanib, oilasi Xivaga ko’chgandan so’ng, yosh Islomxo’ja xonning farzandlari bilan birga saroyda tarbiyalandi. 1889 yilda vazir Ibrohimxo’ja vafot qilgan vaqtda uning o’g’li 15 yoshlik Islomxo’ja xonlikning Bosh zakotchisi hisoblanardi.

Amakisi Sayid Abdullaxo’ja vazir qilib tayinlangach, Islomxo’ja Xazoraspga hokim qilib yuborildi. Xazoraspdagi 10 yillik faoliyati davomida Islomxo’ja yetuk davlat arbobi sifatida tanildi. Nihoyat 1898 yilda Muhammad Rahimxon uni yaqinda vafot qilgan bosh vazir Sayid Abdullaxo’janing o’rniga tayinlaydi.

Islomxo’ja 26 yoshida bosh vazir bo’lgan XX asr boshlaridagi o’ta murakkab siyosiy sharoitda Sayid Islomxo’ja xonlikda sanoat va qishloq xo’jalik ishlarini yo’lga qo’yish, savdo-sotiqni rivojlantirish va madaniy hayotni jonlantirish ishlariga katta e'tibor berdi.

U 1903, 1907, 1911, 1913 yillarda Rossiya shaharlariga safar qilgan vaqtida rus ma'murlari bilan foydali muzokaralar olib bordi va ko’plab shartnomalarni imzoladi. Natijada Urganch va Xonqa shaharlarida yangi yog’ zavodlari qurila boshlandi. Urganchda "Rus-Osiyo banki" bo’limi ochildi. Xonlikning Xiva, Yangi Urganch, Toshhovuz, Xonqa,

Xazorasp va boshqa shaharlarida kapitalistik sanoat ishlab chiqarish korxonalari qurila boshlandi. Islomxojaning xonlikda obro’si va salohiyati kundan - kunga oshib bordi. U ko’p marta Muhammad Rahimxonning topshirig’iga ko’ra turkman sardorlari bilan muzokaralar yuritdi.

1910 yilda Vaziri Akbar Islomxo’ja xonning yangi xalqning osoyishta va farovon turmush kechirishi bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar o’rganilib, tez fursatda hal qilinsin degan farmonini e'lon qildirdi. Ushbu ishlarni amalga oshirishni xurmatli Islomxo’ja Ibrohimxo’ja o’g’liga topshirdik" deyiladi farmonda.

Islomxo’ja shaharda ma'muriy binolar qurishga ham boshchilik qildi. Uning tashabbusi bilan 1910-1912 yillarda yangi uslub maktabi, pochta-telegraf binosi, madrasa va minora, hamda shahar kasalxonasi qurildi.

KO`P O`QILGANLAR