Devonov Xudoybergan (1878, Xiva — 1940, Toshkent) - birinchi oʻzbek kinooperatori.
Oʻzbek kinostudiyasi tashkil etilgach (1925), Devonovga Xorazmda kino ishlarini olib borish topshirildi.

1907-08 yillar Moskva, Peterburgdan teleskop, grammofon, foto va kino asboblari olib kelib fotolaboratoriya tashkil etgan. Bu laboratoriya Xorazmda fotokinostudiya vazifasini oʻtagan. Devonov ijodi rus kinosanʼatkorlari faoliyati bilan deyarli bir vaqtda boshlangan. U "Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorliklari", "Turkiston koʻrinishlari", "Xiva va xivaliklar" kabi qisqa filmlarni ishlagan.

Oʻz filmlarida vatanparvarlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan. Xorazm xalqi urf-odatlari ifodalangan mingga yaqin fotosurat yaratdi. "O'zbekistanskaya pravda" ("Oʻzbekistan haqiqati"), "Inqilob quyoshi" gazetalarida fotomuxbirlik qilib, Xorazm dalalarida birinchi traktorning paydo boʻlishi, dehqonlarga yer taqsimlanishi va ommaviy yigʻilishlarga oid koʻp fotosurat va kinolavhalar yaratdi.

Oʻzbek kinostudiyasi tashkil etilgach (1925), Devonovga Xorazmda kino ishlarini olib borish topshirildi. Keyinroq "Sovkino"ning muxbiri etib tayinlandi va Moskvaga "Shoʻr koʻl", "Ishchi ayollar" singari syujet va lavhalarini yuborib turdi. Devonov suratga olgan kinolentalarning koʻpi haligacha topilgani yoʻq. Urganch shahridagi kinoteatr,

Xiva shahridagi Devonov yashagan koʻcha uning nomi bilan yuritiladi.

KO`P O`QILGANLAR