Unda dehqon va fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ”O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasiga qarashli tashkilotlar tomonidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan "Xizmat – beminnat” pavilonlarida 38 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzon narxlarda taklif etilmoqda.
Birgina Urganch shahrida o‘tkazilayotgan yarmarkada kuniga 2 tonnaga yaqin qoramol, 2 tonna parranda go‘shti, 5 tonna baliq ,25 ming dona tuxum,15 tonna guruch, 25 tonnaga yaqin meva-sabzavot va poliz mahsulotlari savdo peshtaxtalariga chiqarilyapti.
-Yangi yil oldidan bunday savdo yarmarkalarining tashkil qilinishi eldoshlarimiz uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi,-deydi urganchlik mehnat faxriysi Baxtiyor Bo‘riev.-Ushbu tadbir tufayli aholi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan tizimli va kafolatli tarzda ta’minlanmoqda.Muhimi yarmarkaga chiqarilayotgan mahsulotlar narxi bozordagidan ancha arzon bo‘lib,sifati ham xaridorlarga manzur bo‘lyapti.
Ushbu savdo yarmarkalari xorazmliklarning bayram dasturxoni yanada to‘kin bo‘lishiga, Yangi yil oqshomi fayzli o‘tishiga xizmat qiladi.
Odilbek Odamboev, xorazm.uz
"Xalq so‘zi”muxbiri