Konstitutsiya kuni keng nishonlanmoqda
Xorazmda ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 - yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tmoqda.

Ularda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan ishlab chiqarish ilg‘orlari, faol jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyamizning bu yilgi bayrami O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tashabbusi va rahnamoligida mamlakatimizda keng ko‘lamdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy - ma’rifiy islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotgan bir davrda nishonlanmoqda. Bu yangilanishlar xalqimizning orzu va armonlarini ro‘yobga chiqarmoqda.

Davlatimiz rahbarining dono ichki va tashqi siyosati tufayli hayotimiz butunlay o‘zgacha ma’no va mazmun kasb etmoqda. O‘zbekistonning yaqin va uzoq mamlakatlar, xususan Markaziy Osiyo davlatlari bilan yangilangan munosabatlarini xalqimiz chin dildan qo‘llab - quvvatlamoqda. Yaqin qo‘shnichilik munosabatlari xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yangi darajaga ko‘tardi.

Konstitutsiyamiz qabul qilingan-ligining 24 – yilligi tantanalari arafasida Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingan edi. Keyingi bir yil davomida mamlakatimizda, xususan hududlarda amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlar xalqimiz uchun munosib turmush va mehnat sharoitlarini yaratib berishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Xalqimizning yakdil e’tiroficha bugun "Inson davlat idoralari uchun emas, davlat idoralari inson uchun”, degan tamoyil kundalik hayotimizning mazmuniga aylandi.

Bularning hammasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Asosiy Qoninimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan erkinlik va huquqlaridan to‘la foydalanayotganligining natijasidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi arafasidagi va 2017 yil 10 oktyabrdagi farmonlariga muvofiq bir guruh yurtdoshlarimizga davlatimizning yuksak mukofotlari, jumladan, "O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonlari bilan mukofotlangan edilar. Tadbirlarda yuksak mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.

Tadbirlarda viloyat hokimi I.Sabirov ishtirok etdi.

Shuhrat Matkarimov xorazm.uz

KO`P O`QILGANLAR