Mehmonlar Amudaryo baliqlaridan mazali taomlar hozirlanadigan “Xarrot” sayyohlik majmuini ko‘zdan kechirdi, “Xeyvak” mehmonxonasida shivit palov, tuxum barak va kadi barak tayyorlashda ishtirok etdi.
Tasvirga olish ishlarining asosiy qismi Ichan-qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida — “Juma masjid”, Muhammad Rahimxon Feruz madrasasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, shuningdek, Muhammad Muso Al-Xorazmiy haykali atrofida olib borildi.
Suratga olish jarayonida akademik va folklor badiiy ansambli raqqosalari, “Ko‘hna ark” majmui keramika ustalari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘rsatuvning O‘zbekistonga bag‘ishlangan birinchi soni Samarqandda suratga olingan va telekanal tomoshabinlarida katta qiziqish uyg‘otgandi.
manbaa: daryo.uz