Ro’zmat Yoqubov 1926 yili Shovot tumanining Chig’otoy qal’a kishlogida dehqon oilasida tug’iladi. Uning bolalik yillari o’sha ma’shum qatog’on davrlariga, qolaversa, Ulug’ Vatan urushining eng avji pallasiga to’g’ri keladi. Yurtda ocharchilik, yo’qchilik tobora avj olib borayotgan davrlar. ”Odamlarning oldida ikkita yo’l bor” edi yozadi o’z estaliklarida Ro’zmat Yoqubov “Birinchisi kunjara eb shishib o’lish,yoki hech nima emasdan ochdan o’lish”Ana shunday qiyin davrda yashagan Ro’zmat Yokubovlar oilasi barcha qatori zo’rg’a kunini ko’rishardi...
U 1936-1942 yiligacha qishloqdagi maktabda o’qiydi. 1943 yili urush tufayli o’qish ham bo’lmaydi.
1945 yili Armiya safiga chakirilgan Ro’zmat Yoqubov to 1950 yilgacha 5.5 yil o’z yigitlik burchini o’taydi.
O’z mehnat faoliyatini xo’jalikda tebelchilikdan boshlagan Ro’zmat Yoqubov armiya safidan qaytgach dastlab Shovot tuman partiya komitetida avval 1950 yil dekabrdan 1953 yil senyabrgacha tashkiliy instruktor, 1953 yil sentyabrdan 1954 yil oktyabrgacha umumiy bo’limi mudiri, 1954 yil oktyabrdan 1956 yil sentyabrgacha tashkiliy bo’lim mudiri, 1956 yil sentyabrdan 1960 yil avgustgacha Toshkent Oliy partiya maktabida tinglovchisi, 1960 yil avgustdan 1962 yil fevralgacha Xazarasp partiya komitetida tashkiliy bo’lim mudiri, 1962 yil fevraldan viloyat partiya komitetining partiya organlari bo’lim mudirining o’rinbosari, 1964 yil apreldan to 1987 yil iyul, ya’ni nafakaga ga chiqqanga qadar viloyat ijroiya kotibi bo’lib ishladi. Nafakaga chikkandan keyin unga katta ishonch bildirishib Viloyat arxiviga boshliq qilib tayinlashadi.
Ro’zmat Yokubov xukumat idoralarida ma’sul lavozimlarda ishlash bilan bir katorda tarix ilmiga qiziqishi bois umri davomida Xorazmshoxlar davlati tarixi bilan shug’ullanib ilmiy ish olib bordi. Xorazmning qadim qal’alari tarixini o’rgandi. Juda kup martalab viloyat televidenisida chiqishlar qilib Xorazmshoxlar tarixiga oid o’z ma’ruzalari bilan qatnashdi. Ayniqsa uning Shavot tumani xududida joylashgan Kat qal’asi tarixiga , Ko’xna Urganch va Xiva xonlari tarixiga atab yozgan o’nlab maqolalari va tele chiqishlari tarix ixlosmandlari qalbidan, yuragidan joy olgan edi.
Ro’zmat Yoqubov juda ko’p o’qib o’rganardi. U to vafotiga qadar ham bir zum bo’lsada o’qish o’rganishdan charchamadi. Beshikdan qabrgacha ilm izla degan xikmat uning shioriga aylangan edi. Muhammad Annasaviy, Rashidaddin, Juvayniy, ibn Al Asir, Kafesoglu, Abulg’oziy Baxodirxon, Nasriddin Rabg’uziy, Munis, Ogahiy, Bayoniy asarlarini kunt bilan o’qidi, o’rgandi ,izlandi. Yoshligidan tarix ilmiga qiziqishi unga viloyat arxivida ishlab yurgan kezlari juda asqotdi.
Ro’zmat Yoqubovning Xorazmshoxlar tarixiga qiziqishlari ularoq uning 1997 yili “Xorazm “ nashriyotida “Jaloladdin Manguberdi “ nomli risolasi bosilib chiqdi. U O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab birinchilardan bo’lib Xorazmning mard va jasur o’g’loni Jaloladdin Manguberdi haqida baralla kuyladi. Kitobxonlar Ro’zmat Yoqubovning ushbu risolasi orqali o’zlarining mard o’g’lonini qaytadan kashf etishdi. Ushbu risola kitob do’konlardan topilmay qoldi. Va yana kitobxonlar iltimosiga asosan ikkiinchi marta qayta nashr etildi.
Mana mening qo’limda Ro’zmat Yoqubovning Xorazmshoxlar tarixiga oid “Xorazm tarixi “ va “Xorazm dostoni” qoralamalari Uni o’qib ko’rar ekansiz haqiqatda Ro’zmat Yoqubovning yuksak qalb, salohiyat egasi, tarix ilmining bilimdoni ekanligiga yana bir bor amin bo’lasiz. Afsuski anashu risolalarini ishlab keng jamoatchillika taqdim qilishga uning umri etmadi.
Xa, Ro’zmat Yoqubov haqida, uning umr va hayot yo’li haqidagi hikoyalar bir kitobga sig’maydi.
Uning 55 sahifadan iborat “Avlodlarga “nomli vasiyat tariqasida yozgan o’gitnoma bitiklarida o’z hayot yo’li haqida hikoya qiladi.U ushbu bitklarida farzandlarigagina emas balki kelgusi avlodlarga ham qanday yashash kerak ekanligini ko’rsatib beradi. Inson insofli, diyonatli, imonli, hakgo’y va dono, mard bo’lishi kerakligini o’z o’gitlarida ta’kidlaydi. Maslan uning imon haqidagi tushunchalari:” -Darvoqe, Imon dedik, imon o’zi nima? Garchi imon so’zini yaqin – yaqinlargacha aytishga qo’rqar, savodsizlar o’z davrida bu so’zni diniy so’zlar ro’yxatiga kiritgan edilar.
IMON: sofdillik, rostguylik, ruxan va jismonan poklik, to’g’ri so’zlilik, o’z aqidasiga sodiqlik, kishining haqiga hiyonat qilmaslik, xalollik, do’st va birodarlarga sodiqlik, sevgiga vafodorlik, ota va onasiga mutassil qarzdorlik, farzandlar oldida farzu-sunnat qarzidan xolislik, shirinsuxanlik xushmuomalalik, dunyoviy bilimlarga tashnalik, yaxshi fazilatlarga ixlosmandlik va shuningdek rahmdillik, beva-bechora-yu, etim esirlarga g’amxo’rlik, g’ariblarga xamdardlik, barcha jonli jonivorlarga shavqatlilik, umuman dunyodagi barcha yaxshi fazilatlar sohibi – imondir”
Ro’zmat Yoqubov ushbu “Avlodlarga” nomli qo’lyozmalarida o’zining tarjimai xoli, tug’ilib o’sgan Chigotoy kal’a tarixi, odamlari, qadimiy dehqonlarning ish qurollari ularning yasalishi va ishlatish yo’llari, o’z shajarasi, do’stlari va qadim Xorazmshoxlar va Xiva xonlari tarixiga oid o’z fikrlari jamlangan.
Ushbu risolani o’qib ko’zimdan beixtiyor yosh chiqib ketdi. Yuragim g’ururga to’ldi. Ba’zi bir odamlar o’zlaridan katta katta boyliklarini farzandlariga vasiyat qilib qoldiradi. Ro’zmat Yoqubov o’zining boy adabiy, ma’naviy merosini avlodlarga qoldirib ketgan ajoyib zamondoshlarimizdan biridir.
Ro’zmat Yoqubov turmush o’rtog’i Ro’zika Yoqubova bilan etti nafar qiz va bir o’g’ilni voyaga etkazib umrlarining oxirigacha umrguzoranlik qilishdi. Hozirda uning farzandlari viloyatimizning turli joylarda, xalq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat olib borishmoqda. Ro’zmat Yoqubovdan bir etak farzand, nevara chevara va xalqimiz uchun boy adabiy meros qoldi.
Bugungi kunda Ro’zmat Yoqubovning o’g’li ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shovot tuman kengashi raisi Maqsudbek Yoqubov otasining boy ma’naviy g’azinasini kitob qilib keng kitobxonlar ommasiga taqdim kilish uchun harakat qilayotir.