O‘z navbatida musobaqa ishtirokchilari yengil avtomobilni figurali haydash, 100 metr masofaga yugurish va pnevmatik miltiqdan o‘q otish borasida mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqa sarhisoblariga ko‘ra, 18-25 yoshli avtoko‘pkurashchilar bellashuvida Hazorasp avtomobil maktabi sportchisi Doniyor Begiev g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Keyingi sovrinli o‘rinlarni pitnaklik Farrux Davletov, gurlanlik Ikrom Mahmudovlar qo‘lga kiritishdi. Musobaqaning 25-35 yoshlilar birinchiligida qo‘shko‘pirlik Sherzod Bobojonovga munosib raqib topilmadi. Azamat Atavullaev (Yangibozor tumani) va Murod Begiev (Hazorasp avtomobil maktabi) kuchli uchlikdan joy oldi.
Umumjamoa hisobida Hazorasp avtomobil maktabi sportchilari viloyat chempionligini qo‘lga kiritishdi. Qo‘shko‘pir tumani avtoko‘pkurashchilari ikkinchi, Yangibozor tumani vakillari uchinchi o‘rinni band etishdi.
Birinchilik yakunida g‘olib va sovrindorlarni Xorazm viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov qutlab, diplom va sovg‘a bilan taqdirladi.
Ikrom Xudoyberganov, mcs.uz