O’g’irlik "issiq izida" fosh etildi
Xorazm viloyati Xazorasp tumani IIBga Pichoqchi qishlog’ida yashovchi fuqaroning uyiga noma’lum shaxs yashirin ravishda kirib, yotoqxonasidan ko’p miqdordagi pullarini va ikki dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini o’g’irlab ketganligi haqida xabar kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan edi.

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo’lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu qishloqda yashovchi 32 yoshli ayol kishi sodir etganligi aniqlandi va qo’lga olindi.

Hozirda uning boshqa mulkiy turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati

KO`P O`QILGANLAR