2015/2016 o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari tanlovi g’oliblari
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha: Yusupova Shahnoza Akramovna va Azamatov O’tkirbek Rashidovichni hamda Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha: Matupaeva Shohsanam Zarifboy qizi va Ro’zmetov Abror Hamidjonovichlarni qutlab qolamiz.



Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha

Ibragimov Zarif Olim o’g’li
(Tabiiy fanlar ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1994 yilda Jizzax viloyatining o’allaorol tumanida tug’ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida “Matematika” ta’lim yo’nalishining 4-kurs talabasi. Fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirish bilan bir qatorda, respublika va universitet miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy maqolalari hamda tezislari bilan faol qatnashib kelmoqda. 2010 yilda Qozog’istonda, 2011 yilda Gollandiyada matematika fani bo’yicha o’tkazilgan xalqaro olimpiadalarda faxrli o’rinlarni egallagan. 2012 yil avgust-sentyabr oylarida Frantsiyaning Lion shahrida o’tkazilgan “Iqtidorli talabalarning xalqaro yozgi maktabi” anjumanida ishtirok etib, maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. 2015 yil may oyida Toshkent shahrida akademik Qori Niyoziy xotirasiga bag’ishlab o’tkazilgan iqtidorli talabalarning respublika tanlovida faxrli uchinchi o’rinni qo’lga kiritgan. “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. Ingliz tilida erkin so’zlashadi.

Hozirgi vaqtda “Differentsiallanuvchi funktsiyalarning ayrim xossalari” mavzuida izlanishlar olib bormoqda.

Xolxo’jaev Bahromjon Botir o’g’li
(Qishloq va suv xo’jaligi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1992 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida “Ekologiya va atrof- muhit muhofazasi (suv xo’jaligi)” ta’lim yo’nalishining 4-kurs talabasi. Fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi bilan bir qatorda, respublika miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy maqolalari hamda tezislari bilan faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, Polsha, Bolgariya va Chexiya davlatlarida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etgan. “Kamolot” stipendiyasi tanlovida munosib qatnashgan. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Universiada — 2013” sport o’yinlarida sportning engil atletika turi bo’yicha Toshkent shahri jamoasi tarkibida oltin va bronza medallarini qo’lga kiritgan. Ingliz tilini o’zlashtirgan.

Hozirgi vaqtda “Qishloq xo’jaligining suv ta’minoti tizimida suv iste’moli rejimi, suv oqimi tarqalishi hamda bosimini rostlash” mavzuida izlanish olib bormoqda.

Abdieva Dilnavoz Akromovna
(Madaniyat, san’at va sport ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1993 yilda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug’ilgan. Toshkent to’qimachilik va engil sanoat institutida “Dizayn” ta’lim yo’nalishining 4-kurs talabasi. Fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi bilan bir qatorda, respublika va institut miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy maqolalari hamda tezislari bilan faol qatnashib kelmoqda. Uning dizayn, milliy moda hamda qadriyatlar, milliy libos, kiyinish odobi va shu singari qator dolzarb mavzulardagi maqolalari “Xalq so’zi”, “Turkiston” kabi respublika gazetalarida, “Guliston”, “Sog’lom avlod uchun” jurnallarida chop etilgan. “O’zbekistonda dizayn istiqbollari” deb nomlangan to’plami nashr etilgan. Ingliz tilini o’zlashtirgan.

Hozirgi vaqtda “Liboslarni yaratishda milliy an’analarni qo’llash” mavzuida izlanish olib bormoqda.

Usmonova Hamida Alisher qizi
(Jurnalistika ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1994 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jurnalistika” (“Xalqaro jurnalistika”) ta’lim yo’nalishining 4-kurs talabasi. Yosh iqtidorli talaba fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi bilan bir qatorda, respublika va xalqaro miqyosdagi tadbirlar, tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o’tkazilgan “Yurt kelajagi — 2014” respublika ko’rik-tanlovining adabiyot va jurnalistika yo’nalishi g’olibi. 2015 yilda “Jamiyat va men” respublika tanlovining “Eng yaxshi yoritilgan ilmiy-texnika mavzulari” yo’nalishida rag’batlantiruvchi diplom bilan taqdirlangan. Shuningdek, “Ommaviy kommunikatsiya: nazariy va amaliy talqinlar”, “Yosh olim”, “Zamonaviy mass-medianing yangi tendentsiyalari va dolzarb muammolari” mavzuida o’tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarida faol ishtirok etgan. Ingliz tilida erkin so’zlashadi.

Hozirgi vaqtda “Ommaviy kommunikatsiya: nazariy va amaliy talqinlar” mavzuida izlanish olib bormoqda.

Qurbonova Nigora Ne’matovna
(Xorijiy tillar ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1992 yilda Buxoro viloyatining Jondor tumanida tug’ilgan. O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili” ta’lim yo’nalishining 4-kurs talabasi. Fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi bilan bir qatorda, respublika miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda maqolalari hamda tezislari bilan faol qatnashib kelmoqda. Ayniqsa, “Using innovation technologies to upper level students”, “Teaching vocabulary” mavzuidagi maqolalari pedagog va talabalarda katta qiziqish uyg’otgan. Uning ingliz tiliga oid maqola hamda tezislari oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida chop etilgan to’plamlardan o’rin olgan. Ingliz hamda frantsuz tillarida erkin so’zlashadi.

Hozirgi vaqtda “Using innovation technologies for teaching English” mavzuida izlanish olib bormoqda.

Yusupova Shahnoza Akramovna
(Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1990 yilda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug’ilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Pediatriya ishi” ta’lim yo’nalishining 6-kurs talabasi. O’qishdagi muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda, respublika va oliy ta’lim muassasasi miqyosidagi fan olimpiadalari hamda tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2012 va 2015 yillarda ta’lim muassasasida o’tkazilgan “Tibbiyotning dolzarb muammolari: talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlar va yosh olimlarning ilmiy-amaliy anjumani”da g’oliblikni qo’lga kiritib, 1-darajali diplomlar bilan taqdirlangan.

2012 yilda “Ichki kasalliklar propedevtikasi”, “Patofiziologiya” fanlaridan bo’lib o’tgan olimpiadalarda faxrli ikkinchi o’rinni egallagan. 2014 yilda “Vrachlar assotsiatsiyasi” stipendiyasi sovrindori bo’lgan. Ingliz tilini puxta biladi va erkin so’zlashadi.

Hozirgi vaqtda u “Trombotsitopeniya kuzatilgan ayollarda laparoskopik xoletsistektomiyalar bilan birgalikda bajariladigan ginekologik operatsiyalarni takomillashtirish” mavzuida izlanish olib bormoqda.

Maxatov Sirojiddin Ismatillo o’g’li
(Huquq va xalqaro munosabatlar ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1991 yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug’ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” ta’lim yo’nalishining 4-kurs talabasi. Fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi bilan bir qatorda, “Janubiy Koreyada innovatsiya siyosatini takomillashtirish xususiyatlari” mavzuida izlanish olib bormoqda. Ushbu mavzu doirasida respublika va institut miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda maqolalari hamda tezislari bilan faol qatnashib kelmoqda. O’z amaliy faoliyatida ingliz va koreys tillarini qo’llash masalasiga asosiy e’tiborini qaratmoqda.

Mirzaraximova Aziza Baxrom qizi
(Pedagogika ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1993 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Kasb ta’limi: informatika va axborot texnologiyalari” ta’lim yo’nalishining 4-kurs talabasi. Fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi bilan bir qatorda, “Iqtisodiyot modellari” mavzuida izlanish olib borib, bu borada salmoqli natijalarga erishmoqda. Ushbu mavzuda yozgan maqolalari hamda tezislari bilan ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etayotir. U kelgusida iqtisodiy-ijtimoiy sohalar rivojiga ilg’or axborot texnologiyalarini joriy etishga oid innovatsion loyihalar ustida ishlar olib borishni rejalashtirgan. Ingliz tilida erkin so’zlashadi.

Gafurova Azizaxon Fatixovna
(Biznes va boshqaruv ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1994 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Toshkent moliya institutida “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishining 4-kurs talabasi. O’qishi davomida fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi bilan bir qatorda, respublika va institut miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda “Agrar sohada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish”, “Hududlar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish” singari maqolalari hamda tezislari ko’pchilikda katta qiziqish uyg’otgan. Ilmiy izlanishlari samarasi tufayli 2014 yilda “International Financial Reporting Standards” sertifikatiga ega bo’lgan. Ingliz tilida erkin so’zlashadi.

Hozirgi vaqtda “Xalqaro standartlarning ahamiyati” mavzuida izlanishlar olib bormoqda.

Bektursinova Aysultan Marat qizi
(Ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1994 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida tug’ilgan. Nukus davlat pedagogika institutida “Rus tili va adabiyoti” ta’lim yo’nalishining 4-kurs talabasi. Fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi bilan bir qatorda, respublika va institut miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 10 dan ortiq maqolalari hamda tezislari ko’pchilikda katta qiziqish uyg’otgan. 2013 yilda “Ingliz tili” bo’yicha o’tkazilgan respublika fan olimpiadasida diplom va sertifikat bilan taqdirlangan,

2014G’2015 yillarda esa “Rus tili va adabiyoti” yo’nalishi bo’yicha respublika fan olimpiadasi g’olibi bo’lgan. Ingliz tilida erkin so’zlashadi.

Hozirgi vaqtda “Muallif ijrosida qo’shiq” janrining xususiyatlari” mavzuida izlanishlar olib bormoqda.

Azamatov O’tkirbek Rashidovich
(Texnika va informatika ta’lim yo’nalishlari bo’yicha)
1994 yilda Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tug’ilgan. Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Kimyoviy texnologiya” ta’lim yo’nalishining 4-kurs talabasi. Fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishi bilan bir qatorda, respublika va institut miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy maqolalari hamda tezislari bilan faol qatnashib kelmoqda. U mahalliy xom ashyolar asosida korroziya va mineral tuzlar to’planishiga qarshi ingibitorlar olish, ularning ingibitorlik xususiyatlarini oshirish bilan birga, narxini pasaytiruvchi kompozitsiyalar yaratish hamda ularni kon-metallurgiya, energetika, suv ta’minoti, neft qazib chiqarish sohalarida qo’llash bo’yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Uning “Uglevodorodlarning galogenli hosilalari” deb nomlangan elektron ko’rgazmali materiallari ta’lim jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan. Ingliz tilida erkin so’zlashadi.

Hozirgi vaqtda “Uglevodorodlarning galogenli hosilalari” mavzuida izlanish olib bormoqda.

Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha

Abdukamalov Asqar Baxtiyorovich
(Texnika va informatika mutaxassisliklari bo’yicha)
1992 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida tug’ilgan. O’zbekiston Milliy universitetida “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. O’qishi va ilmiy izlanishlar davomida erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, respublika miqyosidagi ilmiy jurnal hamda to’plamlarda dolzarb mavzularda 7 ta maqolasi chop etilgan. “Fizika bo’yicha laboratoriya praktikumida o’tkazilgan eksperimentlar natijalarini qayta ishlash” deb nomlangan qo’llanmasi qoraqalpoq tilida nashr etilgan. Informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha talabalar respublika fan olimpiadasida sertifikat sohibi bo’lgan. Dasturlash bo’yicha xalqaro olimpiada g’olibi. 2013G’2014 o’quv yilida Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’lgan. Ingliz tilini mukammal biladi.

Hozirgi vaqtda “Chiziqsiz differentsial tenglamalarni kompyuter vositalari yordamida echish usullari” mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Beglaev Uchqun Xurramovich
(Qishloq va suv xo’jaligi mutaxassisliklari bo’yicha)
1989 yilda Qashqadaryo viloyatining G’uzor tumanida tug’ilgan. Toshkent davlat agrar universitetida “Fermer xo’jaligini boshqarish va yuritish” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. Ta’lim olish davomida erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, respublika miqyosidagi ilmiy jurnal hamda to’plamlarda e’lon qilingan dolzarb mavzudagi maqolalari va tezislari bilan ilmiy jamoatchilik e’tiborini qozonmoqda. “Intensiv bog’lar tashkil etish texnologiyasi”, “Takroriy ekin sifatida pomidor va mevalarni saqlash texnologiyasi” kabi ilmiy maqolalari ana shular jumlasidandir. LAGO dasturi bo’yicha Germaniya davlatida bir yil amaliyot asoslarini o’zlashtirib kelgan. Ingliz va nemis tillarini biladi.

Hozirgi vaqtda “Naslchilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish” mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Ro’zmetov Abror Hamidjonovich
(Tabiiy fanlar mutaxassisliklari bo’yicha)
1991 yilda Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tug’ilgan. Urganch davlat universitetida “Kimyo (noorganik kimyo)” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. O’qishi davomida erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 7 ta maqolasi hamda to’plamlarda 10 ga yaqin tezislari chop etilgan. “Inglizcha — o’zbekcha kimyoviy atamalar lug’ati”ni tayyorlashda hammuallif bo’lib ishtirok etgan. “Kimyoni oson o’rganamiz” deb nomlangan qo’llanmasi nashr etilmoqda. Qator ilmiy anjumanlar va ma’rifiy tadbirlarda muntazam qatnashadi. Jumladan, UNESCOning Toshkent shahridagi vakolatxonasi, KRASS tashkiloti hamda Urganch davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Sustainable development under climate challenge” kursi sertifikatiga ega. Ingliz tilini biladi.

Hozirgi vaqtda “Mis (II) va rux oleatlarining aralash amidli koordinatsion birikmalari” mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Ayupova Dilorom Shavkatovna
(Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot mutaxassisliklari bo’yicha)
1988 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “Bolalar nevrologiyasi” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. O’qishi davomida erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnal hamda to’plamlarda 12 ta maqolasi va 20 ta tezisi nashr etilgan. 2008 yilda chet tili bo’yicha respublika fan olimpiadasi g’olibi bo’lgan. 2011 yilda xalqaro “Erasmus Mundus” dasturi bo’yicha Shvetsiyadagi Uppsala universitetida malaka oshirib kelgan. 2012G’2013 o’quv yilida Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan. Ingliz, frantsuz va grek tillarini biladi.

Hozirgi vaqtda “Bolalarda neyrosonografik va dopplerografik xususiyatlari va holatlari” mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Ja’farova Diyoraxon Jamol qizi
(Ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar mutaxassisliklari bo’yicha)
1992 yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Adabiyotshunoslik” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. O’qishi davomida erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, respublika miqyosidagi ilmiy jurnal hamda to’plamlarda chop etilgan dolzarb mavzudagi maqolalari, tezislari bilan ilmiy jamoatchilik e’tiborini qozonmoqda. O’zbekiston Respublikasi hamda O’mon Sultonligi hamkorligi doirasida tashkil etilgan “Uzoq va yaqin O’mon” tadbirida faol ishtirok etgan. Uning o’zbek adiblari asarlarini arab tiliga qilgan tarjimalari O’mon Sultonligi mahalliy gazetalarida hamda 2014 yilda chop etilgan “O’zbek adabiyoti namunalari arab tilida” deb nomlangan salmoqli to’plamda yoritilgan. Ingliz va arab tillarini biladi.

Hozirgi vaqtda “Iliya Abu Modiy ijodida poetik izlanishlar va badiiy talqin” mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Muqimov Sherali Ahmadali o’g’li
(Biznes va boshqaruv mutaxassisliklari bo’yicha)
1994 yilda Farg’ona viloyatining Uchko’prik tumanida tug’ilgan. Toshkent moliya institutida “Xalqaro moliya” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. Ilmiy izlanishlari davomida erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, ilmiy jurnal hamda to’plamlarda chop etilgan dolzarb mavzudagi maqola va tezislari bilan ilmiy jamoatchilik e’tiborini qozonmoqda. “Tadbirkorlik faoliyatida investitsiya manbalaridan foydalanish”, “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorlarini ommaviylashtirish masalalari”, “Yuksak raqobat muhitida korxona daxlsizligini ta’minlash”, “Tashqi savdoni muhofazalashda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni”, “Rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes tasnifi” kabi maqolalari ana shular jumlasidandir. Ingliz tilini biladi.

Hozirgi vaqtda “Xalqaro moliya tizimi barqarorligini ta’minlashda xalqaro moliyaviy xavfsizlikning o’rni” mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Erkinov Shohruh Shavkatbek o’g’li
(Madaniyat, san’at va sport mutaxassisliklari bo’yicha)
1991 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. Ilmiy izlanishlari davomida erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, ilmiy jurnal hamda to’plamlarda chop etilgan dolzarb mavzudagi maqolalari, tezislari bilan jamoatchilik e’tiborini qozonmoqda. “Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda Ibn Sino aytib o’tgan 7 tadbirning zamonaviy fan tomonidan tatbiq etilishi”, “Futbol klublarida boshqaruvni samarali tashkil etish” kabi ilmiy maqolalari shular jumlasidandir. Ingliz tilini mukammal biladi.

Hozirgi vaqtda “Boshqaruvda sifat ko’rsatkichlarini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari” (futbol klubi misolida) mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Matupaeva Shohsanam Zarifboy qizi
(Pedagogika mutaxassisliklari bo’yicha)
1993 yilda Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tug’ilgan. Toshkent davlat pedagogika universitetida “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim)” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. A’lo baholarga o’qishi bilan bir qatorda, 20 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. 2015 yilda Sankt-Peterburgda o’tkazilgan xalqaro anjumanda “Fan va ta’lim taraqqiyoti” mavzuidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi. “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar VIII respublika yarmarkasi”da “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan elektron resurs (majmua)” nomli metodik ishi “Fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi innovatsion loyiha uchun” Faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan. Ingliz tilini biladi.

Hozirgi vaqtda “Matematikaga ixtisoslashgan sinf o’quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirish metodikasi” mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Zubareva Nadejda Sergeevna
(Xorijiy tillar mutaxassisliklari bo’yicha)
1989 yilda Farg’ona viloyatining Qo’qon shahrida tug’ilgan. Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika institutida “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. O’qishi davomida erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, respublika miqyosidagi jurnal hamda to’plamlarda chop etilgan dolzarb mavzudagi maqolalari, tezislari bilan ilmiy jamoatchilik e’tiborini qozonmoqda. “Semantika tushunchasi va ingliz tilini o’rganishda uning roli” kabi ilmiy maqolasi shular jumlasidandir. “Teaching english through games”, “O’yinlar orqali ingliz tilini o’qitish” deb nomlangan uslubiy qo’llanmalari chop etilgan. Ingliz tilini mukammal biladi.

Hozirgi vaqtda “Zamonaviy ingliz tilida lingvo-kulturologik xususiyatlar” mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Otabekov Davronbek Yusuf o’g’li
(Huquq va xalqaro munosabatlar mutaxassisliklari bo’yicha)
1991 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. O’qishi davomida erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, respublika miqyosidagi ilmiy jurnal hamda to’plamlarda dolzarb mavzudagi maqolalari, tezislari bilan qatnashmoqda. “O’zbekistonda turizmni rivojlantirish omillari”, “O’zbekistonda mintaqalar turistik salohiyatidan foydalanishda innovatsion yondashuv”, “O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish omillari”, “Turizmni davlat tomonidan tartibga solish modellari” kabi ilmiy maqolalari ana shular jumlasidandir. “Xalqaro turizm va milliy iqtisodiyot” deb nomlagan risolasi chop etilgan. Ingliz va nemis tillarini biladi.

Hozirgi vaqtda “Globallashuv sharoitida xalqaro turizmning rivojlanishi, uning milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri” mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Saidova Sitora Ashrafovna
(Jurnalistika mutaxassisliklari bo’yicha)
1991 yilda Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida tug’ilgan. O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Xalqaro jurnalistika” mutaxassisligining 2-kurs talabasi. Ilmiy va ijodiy izlanishlari davomida erishgan yuqori natijalari bilan bir qatorda, respublika miqyosidagi ilmiy jurnal hamda to’plamlarda dolzarb mavzudagi maqolalari, tezislari bilan qatnashmoqda. “Xorij telekanallarida axborot uzatish tamoyillari”, “O’zbekiston mediabozorining hozirgi holati va istiqboli”, “Ekoturizm rivojlanishining jahon tajribasi” kabi ilmiy maqolalari ana shular jumlasidandir. 2012 yil iyun oyida Polshaning Krakov shahrida polyak tili va uning madaniyatiga bag’ishlangan Yagelon universiteti tomonidan tashkil etilgan 20 kunlik yozgi maktabda amaliyot o’tagan. 2014 yilda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Uzbekistan today” gazetasi hamkorligida oliy ta’lim muassasalari o’rtasida tashkil qilingan loyihada “Mening bo’lg’usi kasbimda ingliz tilining o’rni” nomli essesi g’olib deb topilgan. Ingliz va polyak tillarini mukammal biladi.

Hozirgi vaqtda “Davlat boshqaruvida axborot xizmatlarining roli va ahamiyati” mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

"Xalq so'zi" gazetasi

KO`P O`QILGANLAR