Xorazmda Rossiya va Xitoyga paxta tolasini eksport qilish yo’lga qo’yildi
Bog’ot tumanida "Great Cotton Exrort" MChJ faoliyati bunga yorqin misol bo’la oladi. Yaqinda ish boshlagan zamonaviy korxonada bugungi kunda 200 nafar kishi mehnat qilmoqda. Ular tomonidan tayyorlanayotgan ip-kalava to’laligicha eksportga yo’naltirilyapti.

Bu erda yaqinda, Xitoy davlatidan keltirilgan to’quv dastgohi o’rnatilgandan so’ng ish unumi ham oshib, ishchilarga ancha qulaylik yaratildi. Bu xalqaro standartlarga to’la javob beradigan, jahon bozorida xaridorgir bo’lgan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini bermoqda.

- 2015 yilning yanvarp oyidan beri korxonamizda 1060 tonna paxta tolasi qayta ishlandi, - deydi jamiyat rahbari X.Sattorov. - Shuningdek, Rossiya va Xitoy davlatlariga mahsulotlarni eksport qildik.

- Mahsulotlarimiz xaridorligining sababiga to’xtalsak, biz mijozlar talab - istagidan kelib chiqqan holda, kalava iplarning xohlagan xilini etkazib bera olamiz, - deydi korxona ish yurituvchisi I.Hikmatov. Korxonada ish uch smenada tashkil etilgan bo’lib, ishchilarning aksariyati kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridir.

S.Ro’zmetova telegraf.uz

KO`P O`QILGANLAR