“Urganch ekskavator”ning 45 foiz aktsiyalari xorijiy investorga sotiladi
O’zbekistondagi ekskavator ishlab chiqaruvchi yagona korxona – “Urganch ekskavator” AJning 44.4 foiz aktsiyalari xorijiy investorga realizatsiya qilinadi. Bu haqda kompaniya xabarnomasida aytildi.

51 foiz aktsiya xo’jalik boshqaruvi organi – “O’zbekiston temir yo’llari” AJ qo’lida qoladi.

2014 yil mayida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ negizida temir yo’l kompaniyasi Xitoyning Xuzhou Construction Machinery Group Co. Ltd korporatsiyasi bilan hamkorlikda UzXCMG MChJ tashkil qilgan edi. Unda ekskavatorlar va yo’l-qurilish texnikasi ishlab chiqariladi va xizmat ko’rsatiladi.

manba: kun.uz

KO`P O`QILGANLAR