Xorazm maqol, matal, naql va iboralarning tarixiy ildizlari
Shariat qonun-qoidalariga muvofiq har bir musulmon o’z moddiy va jismoniy imkoniyatlariga qarab to’rt martagacha xotin olishi mumkin deyiladi. Ushbu qoidaga ko’ra, xonlar boy-zodagonlar, uch-to’rt, hatto 8-9 martagacha uylanaverganlar. Ayniqsa Sharq mamalakatlarida turli millat, turli tabaqaga mansub xotin-qizlar bilan nikoxdan o’tish odat tusiga kirgan.

“Biz keldik kelin ko’rmakka”

Shariat qonun-qoidalariga muvofiq har bir musulmon o’z moddiy va jismoniy imkoniyatlariga qarab to’rt martagacha xotin olishi mumkin deyiladi. Ushbu qoidaga ko’ra, xonlar boy-zodagonlar, uch-to’rt, hatto 8-9 martagacha uylanaverganlar. Ayniqsa Sharq mamalakatlarida turli millat, turli tabaqaga mansub xotin-qizlar bilan nikoxdan o’tish odat tusiga kirgan.

Chunonchi xivalik o’lkashunos D.Rahimov, Sh.Matrasulovlar qalamiga mansub “Shoh va shoir qismati” nomli monografiyada Feruzxonning (1844-1910) besh emas, o’n emas, naqd 12 xotini bo’lganligi bayon etiladi.

Xonning birinchi xotini Olmaxon, ikkinchisi Ziyoda, uchinchisi qozoq qizi Kutlug’ bika, to’rtinchisi turk qizi Robiyaxonim, beshinchisi eroniy qiz Shirin bika va hokazolar.

Rivoyat kilishlaricha, cho’l-sahro kengliklarida tug’ilib o’sgan qozoq qizi Qutlug’ bika saroyda zerikib kasal bo’lib qoladi. Tabiblar yosh kelin uchun saroyda o’tov (kiyiz namatdan tiklangan qora uy) yasab berishni tavsiya etadilar. Xon amri vojib Ichon qatada va Qoraqum etaklarida qora-uy (chodra) yasatib uning yoshlikdagi uyidagidek sharoit yaratib beradi. Yosh kelinning xastalanganligini eshitgan qarindoshlari, do’st-yorlari uni yo’qlab utovga borsalar, boyaqish choy qaynatish, taom tayyorlash uchun Qumga tezak terishga ketgan bo’ladi. Ushbu holatdan hayratlangan mezbonlar “biz keldik kelin ko’rmakka, kelin ketibdi tezak termakka” -degan ekanlar.

Ushbu naql-iboraning kelib chiqishi birgina xon yoki uning amaldorlari bilan bog’liq deb xulosa chiqarish unchalik to’g’ri emas. Chunki cho’l, sahro hamda shimoliy mintaqalarda yashovchi xalqlar nasl-nasabining kelajakda sog’lom baquvvat yashashlarini o’ylab uzoq-uzoqlardagi qavmlari bilan qiz berib-qiz olishni odat tusiga kiritganlar. Kelinlarning mahalliy xalq hayotiga tezda ko’nika olmay yurishlari bois yuqoridagi naql kelib chiqkan deb izohlansa to’g’ri bo’ladi. Cho’lda yashovchi xalqlarda uzoqdan kelgan mehmonni qiz-juvonlar bilan siylash urf-odati bo’lganligi elshunos olimlar tomonidan aniqlangan.

“Urisni ming maqtasang ham ko’zi ko’k-da”

Ushbu ibora Xiva xonligi Rossiyaga tobe bo’lganidan so’ng paydo bo’lgan. Manbalarda qayd etilishicha, xivalik aslzodalar, savdogarlar rus ayollariga xushtor (ishtiyoqmand) bo’lganlar. 1883 yil bahor-yoz oylarida Xiva xoni Muhammad Rahim soniy rus podshosining taklifiga muvofiq Moskva Sankt-Peterburgga rasmiy tashrif bilan boradi va shaharlarning diqqatga sazovor joylarini, me’moriy obidalari, teatr, bosmaxona, muzey, litsey va ishlab chiqarish korxonalarini tomosha qiladi.

Ittifoqo ko’n-teri fabrikasi tsexlarini aylanib yurgan xon xushbichim rus qizini ko’rib, sevib qoladi. Qiz ham rozi bo’ladi Xon uni Xorazmga olib keladi. Qiz musulmon qonun-qoidalariga binoan Xonqada xon bilan nikohdan o’tadi va lekin hukmdor ajnabiy xotinni markazga olib kelishga botina olmaydi. Kelinni Xonqadagi uyida qoldiradi. Xon yarim yilcha Xiva bilan Xonqa orasida qatnayverishdan zada bo’ladi. Buning ustiga-ustak yosh kelin o’zbek tili va urf-odatlariga ko’nika olmay o’z yurti, ota-onalarini sog’inib yig’layveradi. Shu tariqa Feruz xon o’ris xotinni Sankt-Peterburgga jo’natib yuboradi.

Xon saroyidagi kazo-kazolar o’ris kelinni maqtasalar, kundoshlari “O’zimizdan qo’ymasin, ming maqtasang ham o’risning ko’zi ko’k-da” deb e’tiroz bildirganlar.

“Odamniboshi Allohning to’pi...”

Ushbu matal Xorazmda sun’iy sug’orish tarixi, qazuv, qochuv, damba qurish kabi dehqonchilik muammolari bilan bog’liq sarson- sargardonlik, uzoq manzillarga borib 12 kunlik majburiy qazuvlarda qatnashib kelgan avlod - ajdodlarimizning hayratlanib aytgan so’zining ifodalanishidir. Aslida matal “Odamning boshi Allohning to’pi, Toshsoqa degan joylarni ko’rdik” deyilgan.

Toshsoqa - Amudaryoning Hazorasp tumani hududidagi tosh-tik yoqa qirg’oq sohilining nomi bo’lib u Olloquli xon davrida (1825-1842) tog’ jinslarini o’yib bitkazilgan. Xonlikning uzoq chekkalaridan Toshsoqa qazuviga jalb etilgan minglab bechoralar bir necha oylarga cho’zilgan majburiy xizmatda bo’lganlar. Omon qolganlar Toshsoqa kanalini “balo qazuv”, odamning boshi- Allohning to’pi, Toshsoqa degan joylarni ko’rdik degan tarixiy iboralarni to’qib chiqarganlar.

Xonlik davrlarida vohaning 100-200 km, uzoq tumanlarida yashovchi dehqonlarning Toshsoqa (suv taksimlovchi) kanali qurilishida qatnashganligi ularda hayrat va iftixor tuyg’usini uyg’otganligi tufayli o’sha tarixiy matalning kelib chiqishiga sabab bo’lgan, deyish mumkin.

1939-1940 yillarda Toshsoqa kanali hashar yo’li bilan qaytadan qurildi. 1969-1979 yillarda Tuyamo’yin suv ombori, Pitnak (Do’stlik) shahri bunyod etildi. Endilikda Toshsoqa kanali, Tuyamo’yin suv inshooti qurilishi ota-bobolarimizning yaqin o’tmishi tarixi sifatida tilga olinadi, xolos.

KO`P O`QILGANLAR