Urganchda 11 ta ko’cha ta’mirlandi
2015 yilning birinchi yarim yilligi mobaynida Urganch shahridagi umumiy uzunligi 14,1 km.ga teng 11 ta ko’cha qayta ta’mirlandi. Urganchdagi Tinchlik, Pahlavon Mahmud, Al-Xorazmiy, Shovot, Baynalminalchi, Ma’rifatchilar, Amir Temur, Yoshlik, Xonqa, G’alaba va Termiz ko’chalarida avtomobillar qatnov qismi va piyodalar yo’laklari, yoritish, ko’kalamzorlashtirish, sug’orish, suv qochirish tizimlari butunlay qaytadan qurildi.

Mazkur ishlar «Xorazmyo’lqurilish» korxonasi tomonidan amalga oshirildi, deb ma’lum qildi «O’zavtoyo’l» DAK avtomobil yo’llaridan foydalanish va texnik holatini tahlil qilish boshqarmasi boshlig’i Nodir Husanov.

Ushbu tadbirlar uchun Xorazm viloyati xokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida Respublika Yo’l jamg’armasi hisobidan 21,4 milliard so’m mablag’ ajratildi.

telegraf.uz

KO`P O`QILGANLAR