Urganchlik yoshlarga yana bir tuhfa
Yaqinda Urganch shahrida “Yoshlik” sport majmuasi foydalanishga topshirildi.

O'n gektarni egallagan ushbu sport majmuasini bunyod etishga jami 73 milliard so'm mablag' sarflandi.

Majmuada sport zali, yopiq suzish havzasi, futbol maydoni, basketbol, voleybol, minifutbol, gimnastika, stol tennisi, boks va og'ir atletika, badminton maydonchalari, shaxmat va shashka bilan shug'ullanish uchun alohida zallar mavjud bo'lib, eng zamonaviy sport inventarlari bilan jihozlangan.

Majmua bir vaqtning o'zida 200-250 nafar sportchini qabul qiladi. Bu erda ular uchun zarur sharoitlar muhayyo etilgan.

Sport majmuasi xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o'tkazish uchun ham barcha talablarga javob beradi.

Ushbu sport majmuasi ishga tushishi bilan, shubhasiz, viloyatda bolalar sportini rivojlantirish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratildi. Bu erda maktab, kollej, litseylarning o'quvchilari, oliy o'quv yurtlarining talabalari o'z sevgan sport turlari bilan yil davomida bemalol shug'ullanishlari mumkin.


Shuhrat MATKARIMOV,
“Turkiston-press”

KO`P O`QILGANLAR