“Oqmachitdagi bozordan zotdor sigir sotib oldim”, “Penner ishlagan surat zo’r chiqibdi”, “Vilgelm menga qarz berib turdi”, “Xerman ajoyib duradgor ekan, uning yasagan eshigi sifatli…”xullas, bunday gap-so’zlarni 19 asr oxiri va 20 asrning 37 yillarigacha uzoq Ovro’pada emas, Xiva yoki Urganchda tez-tez eshitish mumkin edi. Chunki, bu davrda Xorazmda nemislar yashashgan.
|
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si o’zbek mumtoz adabiyotidagi noma janrining ilk yorqin namunasi sanaladi. Albatta «Muhabbatnoma» faqat nomalar yig’indisi emas, unda g’azal, qit’a, fard kabi kichik lirik janrlarga xos asarlar ham mavjud. Lekin asardagi o’n bir noma asar tuzilishining bosh xususiyatini belgilaydi. Shoir shundan kelib chiqib “noma» so’zini asar nomiga ham chiqazgan. Xorazmiyning nomanavislik an’anasini adabiyotimizda Xo’jandiy «Latofatnoma»si, Yusuf Amiriy «Dahnoma»si, Said Ahmad «Taashshuqnoma»si, Sayyid Qosimiy «Haqiqatnoma»si va «Sadoqatnoma»si bilan davom ettirdi.
|
Первый выпуск шелковых денег Хивинского ханства, датированный 1337 г. хиджры (7.10.1918 – 25.09.1919), имел пять номиналов: 200, 250, 500, 1000 и 2500 тингов. На каждом банкноте по-узбекски арабским шрифтом помещались две надписи: “Ассигнация (дословно – “бумажная деньга”) по высочайшему указу правительства Хорезма”; “Каждый, кто подделает эту ассигнацию, карается государственным законом”.
|
Ko’hna ark – Xivaning qadimiy qal'asidir. Ko’hna Ark xududida xozir faqat XIX asrga oid bir nеcha bino saqlanib qolgan xolos. Arkda xon va amaldorlarning uy joylari, davlat idoralari bilan bir qatorda ko’rinishxona (salomxona, arzxona), zarbxona, yozgi va qishgi masjid, haram, aslahaxona, o’q-dori tayyorlanadigan ustaxona, omborxona, oshxona, otxona, zindon va qo’chqor urushtiradigan maxsus maydon ham bo’lgan.
|
Pahlavon Mahmud (1247-1326) – ulug’ shoir, mutafakkir, faylasuf. Xivada tug’ilgan.
|
Feruz hukmronlik qilgan davr g’oyatda alg’ov-dalg’ov bo’lib, xonliklar orasida o’zaro nizo kuchli edi. Buxoro amirligi, Qo’qon xonligi, Xiva xonligi orasida birlik yo’q edi.
|
Alloh qay kimsani dunyo qulligidan ozod etgan bo’lsa, o’sha haqiqiy hur, erkin insondir
|
Shayx shahid bo’layotgan paytda yov qo’lidan bayrog’ini tortib oldi va shu darajada mahkam ushladiki, hatto o’n kishilashib ham bayroqni Shayx qo’lidan ola bilmagach, axiyri bayroqni kesishdi.
|
U Vatan mudofaasi uchun jonini tikkan mardlarning shonu-shavkati o’zining shonu-shavkatidan ko’p ustun ekanligini o’limi oldidan anglab etdi.
|
Aloiddin Muhammad ko’plab boshqa mamlakatlarni kuch ishlatmasdan, zo’rovonliksiz, vayronagarchiliklarsiz, siyosat, diplomatiya yo’li bilan qo’lga kritdi.
|