Yig’ilishni viloyat hokimi F.Ermanov olib bordi.
Yig’ilish chog’ida joylarda jismoniy tarbiya va sportni aholining turli qatlamlari o’rtasida ommaviylashtirish, xususan, yosh avlodni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ularni yot illatlardan asrash maqsadida sport turlari bilan shug’ullanishga keng jalb etish, buning barobarida, iqtidorli sportchilarni voyaga etkazish ahvoli atroflicha muhokama qilindi. O’z navbatida duch kelinayotgan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutassaddilarga topshiriq va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, viloyatdagi mavjud sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarning faoliyati ham tegishlicha tahlil qilinib, homiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ish yuritishi belgilandi. Zero, jismonan sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazish barchamizning insoniylik burchimizdir.
Manbaa: xorazm.uz