Xalqaro "Raqs sehri" festivali Xiva shahrida
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Xorazm viloyat hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Xalqaro "Raqs sehri" festivali Xorazm durdonasi xisoblanmish Xiva shahrida bo’lib o’tdi.

Festivalning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov, Polsha Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Petr Ivashkevich xamda Ozarbayjon Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Geydar Aliev nomli madaniyat markazi rahbari o’rinbosari Zeynalov Polad Mansur o’g’li so’zga chiqdi.

Milliy raqs san’atimizni dunyoga targ’ib qilish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan festivalga joriy yilda ham puxta tayyorgarlik ko’rildi.

Festivalda yurtimizning turli hududlari va qator xorijiy davlatlardan kelgan san’atkorlar o’z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Ansambl jamoalarining chiqishlari esa sayyohlar va tomoshabinlarni raqsga chorlab, zavq bag’ishladi.

– O’zbekistonning o’ziga xos raqs san’ati bor va undagi har bir harakat kishini o’ziga jalb etmasdan qolmaydi, – deydi xidistonlik raqqosa Patra Sinxi. – Sizlarning jannatmakon yurtingiz va sexrli raqslaringizni televizor orqali ko’rganman. Bugun esa shunday festivalda qatnashayotganimdan nihoyatda xursandman.

"Raqs sehri" Xalqaro festivalida 20 ga yaqin mamlakatdan 100 dan ziyod mehmonlar va badiiy jamoalar ishtirok etishdi.

Nodira Romanova

KO`P O`QILGANLAR