O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Ikki mamlakat vakillari hamkorlikda kontsertlar, festivallar, ko’rgazmalar tashkil etmoqda, turli tanlov va musobaqalarda qatnashmoqda. 2016 yil noyabrda mamlakatimizda Turkmaniston madaniyati kunlari, 2017 yil noyabrda esa Turkmanistonda O’zbekiston madaniyati kunlari o’tkazildi.
Yurtimizda turkman milliy madaniyat markazlari, qo’shni mamlakatda o’zbek milliy madaniyat markazlari tashkil etilgan. O’zbeklar va turkmanlarning o’z tili, madaniyatini boyitishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Kontsertda o’zbek va turkman tilida kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Bu xalqlarimizning azaliy qardoshligi, madaniy yaqinligini yana bir bor namoyon etdi, ikki mamlakatning mumtoz va zamonaviy san’ati bilan keng tanishish uchun qulay imkoniyat bo’ldi.
manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti