Muhammad Solih
Muhammad Solih XV asr oxiri XVI boshlarida yashab ijod etgan shoirdir. U 1455 yilda Xorazmda Amir Nursayidbek oilasida tug’ilgan. Uning otasini 1465 yilda Husayn Boyqaroning Xurosondagi hokimi tomonidan podshoga sadoqatsizliklikda ayblanib o’ldirtirgan.

Muhammad Solih o’n yoshida otasidan ajralib etim qoldi va yoshligidan qiyinchilik ko’rib o’sdi. U bir necha vaqt temuriy hukmdorlarga, jumladan otasini o’ldirtirgan, Xuroson podshohi Husayn Boyqoroga xizmat qilishga majbur bo’ldi. Biroq, Muhammad Solihning o’z otasini o’ldirgan qotilga adovati kuchli edi, shu sababli keyinchalik uning xizmatidan ketdi va Sulton Ahmad Mirzoning o’g’li Sulton Ali Mirzoning xizmatida bo’ldi. Keyinchalik undan ham aynib 1499 yilda Movaraunnahrda yangi tashkil topgan o’zbek davlati hukmdori Shayboniyxon (1451-1510) xizmatida bo’ldi va unga Buxoro, Dabusiya qal’alarini olishda juda katta yordam berdi. Xon minnatdorchilik yuzasidan unga Xorazmda ko’pgina mulklar in’om qilgan. Muhammad Solih xon bilan barcha yurishlarda qatnashib ko’rganlarini va eshitganlarini bir erga jamlab o’zining “Shoyboniynoma” asarini yozgan va xonga taqdim qilgan.

Muhammad Solih qisqa umr ko’rib, 1506 yilda Buxoro shahrida vafot qilgan. U fors va o’zbek tillarida she’rlar yozgan. Muhammad Solih o’zining “Shayboniynoma” asari bilan o’sha davrdagi hayotni real ifodalab bergan. Bu asarda u real shaxslarning obrazini, tarixiy joylarni, janglar va shaharlarni tasvirlagan. U asar tarixiy mavzuga bag’ishlangan va masnaviy shaklida yozilgan dastlabki asarlardandir. Bu esa adabiyotimiz tarixida tamoman yangilik edi. Shoir Shaybonixonning Samarqand, Buxoro, Qarshi, Xorazm viloyatlarni bosib olishdagi vaziyatini uning och qolgan aholini nihoyatda qiynashini aks ettira turib xon va sultonlarni qilgan jonbozliklarini yashirmay yozgan. Bir tomonlari ushbu asar realistik jangnoma poema hisoblanadi. Uning o’g’li Mirzo Ulug’bek ham shoir bo’lgan va bir qancha she’rlar bitgan, padarini kitobini ko’paytirishda alohida jonbozlik ko’rsatgan.

Biz shu bugungi kungacha bu davr tarixini o’rganganda Bobur Mirzoning asariga murojat qilardik, Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asarida qarama qarshi tomonlarda harakatlanayotgan qo’shin boshliqlari, davlat arboblari, qabilalar to’g’risida va shu davrdagi harakatdagi davlatlar (Farg’onadagi Bobur Mirzo, Shayboniyxon, Xuroson podshohi Husayn Boyqaro, Eron shohi Ismoil Safaviy)ning ichki tashqi siyosatlari to’g’risida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’lamiz.

KO`P O`QILGANLAR