Xorazmda 2.5 mlrd so’m o’zlashtirgan MChJ rahbari qamaldi
Urganch shahridagi Region Gaz Qurilish Savdo MChJ rahbari X. Durdiev prokuratura tomonidan moliyaviy jinoyatlarda ayblandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, X. Durdiev MChJga tegishli har xil turdagi mahsulotlarni 1.2 mlrd so’mga naqd pulga sotib yuborgan. Shuningdek, u 1.4 mlrd so’mlik sifat sertifikati bo’lmagan turli mahsulotlarni korxona va tashkilotlarga hamda aholiga ulgurji tartibda sotib yuborgan va ushbu jarayonda rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlarini yashirgan.

Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar natijasida X. Durdiev jinoiy javobgarlikka tortildi.

manba: kun.uz

KO`P O`QILGANLAR