Tergov ma’lumotlariga ko’ra, ushbu guruh salafizm va jihodchilik g’oyalarini asos qilgan holda O’zbekistondagi konstitutsion hukumatni o’zgartirishni maqsad qilgandi.
Xorazm viloyati Jinoiy sudi qaroriga ko’ra, ushbu guruh boshlig’i Uluhbek Olimovga 18 yillik qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningldek, guruh a’zolari bo’lgan Zafar Xudoyberganov 14 yil, Abdusharif Xudoyberdiev 11 yil, Zarifboy Otaniyozov 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan jazolangan.
Bundan tashqari, ushbu guruh a’zolari tomonidan yollangan Otaevga 6 yillik, Bobonazarov va Sharipovga 5,5 yildan qamoq jazosi belgilangan.
manba: kun.uz