Mahalliy tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarni faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash natijasida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 40,2 foizga, mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi 2,5 foizga, chakana tovar aylanmasi 14,5 foizga va xizmatlar 12,4 foizga o’sishi ta’minlandi. Joriy yilning 1-yarim yilligida 767 ta loyiha o’rniga 932 ta loyiha amalga oshirilib 251 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va 4922 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Prezidentimizning «2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish Dasturi to’g’risida»gi Qaroriga asosan xisobot davriga qadar qo’shimcha loyihalar bilan birga qiymati jami 270,8 mln. dollarlik 274 ta loyiha amalga oshirilib, 8175 ta yangi ish o’rinlari tashkil qilindi. Dastur doirasida shu kunga qadar 36 mingdan ortiq «Damas», 3 mingga yaqin «Orlando» rusumli avtomobillar, 119 ta ekskavator va 54 ta buldozerlar ishlab chiqarildi. Shuningdek, viloyatda maishiy gaz ballon, muzlatkich, metall armaturalar, sport inventarlari xamda kir yuvish kukuni, yuqori kuchlanishli apparatlar, tikuvchilik mahsulotlari kabi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi.
Xududiy korxonapar tomonidan 19,0 mln. AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirilib, belgilangan bashorat ko’rsatkichi 107,3 foizga bajarildi. Prezidentimizning «Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyati aholisining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash chora - tadbirlari to’g’risida»gi Qaroriga asosan o’tgan davr mobaynida keng miqyosda qurilish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, Urganch shahar yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga 194 mlrd. so’m, viloyat injenerlik-kommunikatsiya infratuzilmasini ta’mirlash va modernizatsiya qilishga 202 mlrd. so’m hamda shaharda arxitektura ko’rinishini yaxshilash, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirishga 662 mlrd. so’m sarflandi.
Shu bilan birga Yurtboshimizning «2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm soxasini rivojlantirish Dasturi to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq hisobot davriga qadar 45.3 mln. dollarlik 99 ta loyiha to’liq amalga oshirildi. Viloyatda sayyohlarga ko’rsatilayotgan xizmat turlari kengaydi va sifati har tomonlama yaxshilandi.
Bandlik dasturiga asosan 28,2 mingta yangi ish o’rinlari yaratilib, birinchi yarim yillik prognoz ko’rsatkichi 101,4 foizga bajarildi. Prezidentimizning shu yil 15 mayda qabul qilgan «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli ximoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora - tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida iqtisodiyotda xususiy mulkning o’rni va rolini tubdan oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk ulushini yanada izchil oshirish uchun imkoniyatlar qayd etilgan.
Prezidentimizning joriy yil 28 aprelda qabul qilgan «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq «nol» qiymatda sotilishi belgilangan 5 ta va ommaviy savdolarga chiqarilgan 6 ta ob’ektlarga saloxiyatli investorlarni jalb qilish, 2 ta past rentabelli va faoliyat ko’rsatmayotgan davlat korxonalarini tugatish ishlarini yakunlash, 26 ta ob’ektni buzishdan bo’shagan 14,3 gektar er maydonlarini tadbirkorlik sub’ektlariga 1 yil ichida qurib bitkazish sharti bilan tanlov savdolarida sotish rejalashtirilgan.
telegraf.uz