O’rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o’rtalarida bronza (mis, qalay va qo’rg’oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug’i - patriarxat topadi. Bronza davrida dehqonchilik xo’jaligi yangi erlarda, jumladan O’zbekiston hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi.
O’rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi erlarni keng o’zlashtirish jarayoni miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikda boshlangan. Zarafshonning yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g’arbda topilgan 90 gektar maydonda joylashgan Sarazm qishlog’i harobasi moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) Afg’onistonning shimoli-sharqida Hind-Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo’ladi.
Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi tor odamlarning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta er dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Olb Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning janubi, Hindiston kabi katta grafik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog’iston va O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga erlarigacha tarqalganlar.
Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan odamlar vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar.
O’zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning vakillari - so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar, o’zbek xalqining qadimgi ajdodlaridan bo’lib, ular haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan.
Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy-tarixiy viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Farg’ona, Shosh (Choch) qadimdan, to o’rta asrlargacha Sharq hududlarida juda mashhur bo’lgan.
Antropologik va yozma manbalarning ma’lumotlari O’rta osiyoda alohida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi miloddan avvalgi IX - VIII asrlarga oid bo’lgani haqida dalolat beradi. Bu masalani o’rganish juda murakkab muammo bo’lsa ham, shubhasiz aytib o’tish kerakki, miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholarning O’rta Osiyoga yurishlari boshlanganda bu elatlarning ajrala borish jarayoni butunlay tugagan va turli qadimgi xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning umumiy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi davrlarda shakllangan edi. Yozma manbalarga ko’ra ahmoniylar O’rta Osiyoning alohida yirik viloyatlariga qarshi harbiy yurishlarni boshlaganlar. Demak, O’rta Osiyo viloyatlari va aholisi haqida, ularning hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarning chegaralari haqida Sharqda turli ma’lumotlar to’plangan edi.
Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik kabi ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar paydo bo’lgan joylarda shakllandilar. Ming yillar davomida faqat termachilik va ovchilik hisobiga yashab kelgan, dehqonchilikni bilmagan ko’pgina qabilalar va elatlar davlatchilik bosqichiga ko’tarila olmadilar.
Eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillikda Ikki daryo oralig’ida (Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo bo’ldi. Bundan 10 ming yillar ilgariyoq bu erda termachilik va ovchilik asosida ekinlarni etishtirishga va yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatish - chorvachilikka o’tish boshlanadi. Asta-sekinlik bilan dehqonchilik bu erdan qo’shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoyga) tarqaladi. Miloddan avvalgi 3-2-ming yillikdayoq Qadimgi Sharq mamlakatlari o’rtasida qalin tarixiy-madaniy aloqalar mavjud edi.
Arxeologik topilmalar shuni ko’rsatmoqdaki, miloddan avvalgi 2-ming yillik o’rtalarida O’zbekiston (Surxon vohasi)da qadimgi dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o’tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishining o’ziga xos xususiyat va qonunlarga ega edi.
Ilgarigi o’quv qo’llanmalari va darsliklarda ilk davlatlarning shakllanishini ekspluatatsiyaning paydo bo’lishi yoki boshqa kishilar mehnati bilan yaratilgan mahsulotni o’ziniki qilib olishning vujudga kelishi natijasida jamiyatning bir-biriga dushman sinflarga bo’linishi bilan bog’lab tushuntirilar edi. Aslida, turli manbalar ilk davlatchilikka o’tishda boshqacha tarixiy vaziyatni ko’rsatmoqda.
Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan erlar va sug’orish tizimi maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o’zlashtirilgan, xo’jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalaniladigan qadimgi sug’orma dehqonchilik vohalarida paydo bo’lgan. Bunday vohalar aholisi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug’orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarni echish muhim va hayotiy zaruriyat edi.
Shu tariqa, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda alohida hurmat-e’tiborga bo’lgan kishilarning ajralib chiqishga olib keldi. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishda doimiy band bo’lmasdan, faqatgina ijtimoiy va xo’jalik hayoti ustidan nazorat va rahbarlikni amalga oshirdilar. Lekin, ular na boy-badavlat kishilar, na ekspluatatorlar va na quldorlar edi. Jamiyatda bunday kishilarning ajralib chiqishiga ularning axloqiy xislatlari va obro’-e’tibori sabab bo’lgan xolos. Ammo bu muhit keyinchalikkina alohida to’q oilalarning paydo bo’lishiga olib keldi va asta-sekinlik bilan jamoadagi yuksak hurmatga asoslangan hokimiyat meros tariqasida otadan o’g’ilga o’ta boshladi.
O’rta Osiyoda dastlabki davlat uyushmalari ham dehqonchilik vohalari aholisini chetdan bo’ladigan bosqinchilardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni huquqiy boshqarib turish uchun tashkil topdi.
O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi ancha qadim ildizlarda ega. Milliy davlatchiligimiz shakllangan bronza davriga oid birorta yozma ma’lumotlar yo’q. O’zbekistonning bu davrga oid tarixi faqatgina arxeologik tadqiqotlar natijalari asosida yoritilib, ular jamiyat taraqqiyotidagi barcha murakkab jarayonlarni to’liq ochib bera olmaydi.
O’zbekistonning miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga oid tarixi yozma manbalarda qisman yoritilgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da, ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida va qadimgi Yunon-Rim yozma manbalarida o’lkamizdagi xalqlarning nomlari, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llarning nomlari, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlari, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud.
«Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So’g’d tuprog’ida paydo bo’lgan. «Avesto»ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlari bilan bog’lanadi. «Avesto» kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqida ma’lumotlar.
Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI - IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O’rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan.
Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo’lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan.
«Avesto» qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon tarixshunoslarining asarlarida O’rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi tartibda ko’rsatib berilgan:
«Avesto» | Qadimgi fors yozuvlari | Yunon tarixchilari |
Mouru | Marg’un | Marg’iyona |
So’g’da | So’g’uda | So’g’diyona |
Bahdi | Baqtrish | Baqtriyona |
Xvarizam | Xvarazmin | Xorasmiya |
- | Partava | Parfiyona |
Tur, danu | Shak, sak | Saklar, massagetlar |
MouruTarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Marg’iyona erlari Murg’ob vohasi, So’g’diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona (Baqtriya) - Afg’onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o’rta va quyi qismidagi erlarini o’z ichiga olgan.
Saklar O’rta Osiyo va Qozog’istonning tog’lari, dashtlari va cho’llarida yashagan ko’chmanchi chorvador qabilalaridir. Ahamoniylar yozuvlarida saklar quyidagi guruhlarga bo’lingan: saka tigraxauda «tigra» - bu «o’tkir», xauda - «bosh kiyim», «saka-xaumovarka» - «xaomani ulug’lagan saklar» («xaoma» - «iuqaddam ichimlik»), «saka tiay darayyo» - «daryo, dengiz narigi yog’idagi saklar».
Saklarning yodgorliklari - qadimgi qabristonlar va mozor - qo’rg’onlar juda keng hududda topib tekshirilgan (Kaspiy, Orol dengizi atrofidan Balxash ko’ligacha, pomir va Tangritog’ o’lkalarida, Quyi Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo erlarida). Saklar xo’jaligida chorvachilik ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’lgan. Bu kabilar qoramol mayda chorva hamda otni ko’plab urchitganlar. Saklarning yodgorliklarida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi.
XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon tarixshunosligida O’rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo’lishi muammolarini o’rganishda «Avesto»dagi ma’lumotlar, Gekatey va Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning ma’lumotlari asos bo’lib xizmat qildi.
Ilmiy adabiyotlarda O’rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha mavjud bo’lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so’z yuritganlar.
1. Arshayyona - O’rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi;
2. Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va Marg’iyonada bo’lgan «Katta Xorazm» yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati;
3. Qadimgi Baqtriya davlati.
Olimlarning aytishicha, Aryoshayyona «Avesto»da tilga olingan Kavi Vishtasining podsholigi bo’lib, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Drangiana, Satagadiya, Ariya, Marg’iyona va Amudaryo va o’rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G’arb olimlari V.B.Xenning, I.Gershevichlar Kavi Vishtasining davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» deb hisoblaganlar.
Bu masala ko’plab ilmiy ishlar yozilgan, munozaralar bo’lgan bo’lsa-da, «katta Xorazm» muammosi to’la echimini topmagan. Bu ilmiy nazariya Gerodotning Akes daryosi suvlaridan foydalanish haqidagi ma’lumsotlariga asoslanib, paydo bo’lgan. Gerodot yozadi: «Osiyoda bir fodiy bor. Uning barcha tomoni tog’ bilan o’ralgan, tog’ni esa beshta dara kesib o’tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli bo’lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh erlarida joylashgan. Forslarning hukmronligi boshlang’ich vodiy fors podshosi hukmronligiga o’tgan. Vodiyni o’rab olgan tog’dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi».
Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ahamoniylar davridan oldin xorazmliklar Parfiya chegaradaridan sharqiy yo’nalishda Kopetdog’ yonbag’irlarida joylashganlar.
Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo’lib, bu davlatni forslar podshosi Kir II tomonidan bo’ysundirilgandan so’ng xorazmliklar Quyi Amudaryo - hozirgi Xorazm viloyatiga ko’chib borganlar deb faraz qilingan. Ushbu nazariyaga ko’ra, xorazmliklarni Quyi Amudaryo erlariga janubdan miloddan avvalgi VI asrda qadimgi forslar siqib chiqarganlar.
S.P.Tolstov, Ya.G’ulomovlar bu nazariyaga qarshi bo’lib, xorazmliklar O’rta Osiyoning janubidan ko’chib kelmaganlar. Xorazm davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan deb xulosa qilganlar. Ammo bu davlatning chegaralari hozirgi Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo’lgan.
Miloddan avvalgi 700-540 yillar qadimgi Baqtriya davlatining rivojlangan davri bo’lib, bu yirik davlatning hududiy chegaralir Marg’ob vohasi. Hindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro vohasiga borib taqalgan bo’lishi mumkin.
O’rta Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlardan qadimgi Baqtriya eng yiriklaridan biri bo’lgan. Bu davrda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-massagetlarning harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o’lkalar chegaradosh bo’lgan.
Marg’iyona va So’g’diyona qadimg Baqtriya davlatining ayrim qismlari bo’lganligi haqida turli manbalar xabar qiladi. Qadimgi fors podshosi Doro I ning Marg’iyonadagi Frada boshchiligidagi qo’zg’olonni (mil.avv. 521 y.) tor-mor qilishi haqida Behistup yozuvlaridagi xulosa: «mana nimalarni men Baqtriyada qildim». Doro III davrida Baqtriya va So’g’diyona birlashtirilgan o’lka bo’lib, unda Bess ismli satran hokimlik qilgan vaziyati va Marg’iyona, Baqtriya hamda So’g’diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o’xshashligi ham shular jumlasidandir.
Arxeologik manbalarga ko’ra, Baqtriya va So’g’diyona viloyatlariga nisbatan, Xorazm tuprog’ida miloddan avvalgi IX - VIII asrlarga oid paxsa yoki xom g’ishtdan qurilgan uy-joylar, mudofaa devorlari va turli inshootlar topilmagan. Sopol idishlar qo’lda yasalgan va kulolchilik charxi bu davr mahalliy hunarmandchiligida noma’lum bo’lgan. Ayrim tadqiqotchilar shu vaziyatni hisobga olib, ahamoniylargacha bo’lgan davrda Xorazm tuprog’ida yirik davlat tashkil topmagan deb xulosa chiqarganlar.
Ammo, shunga e’tibor berish kerakki, miloddan avvalgi VII asrning oxirlariga kelib, qadimgi Xorazm shahar markazlaridan biri Qo’zaliqir mudofaa devorlarining tuzilishi bilan Baqtriyadagi Qiziltepa shahar devorlarini tuzilishida ancha o’xshashliklar topildi. Baqtriya va Xorazm shahar markazlari mudofaa devorlarining o’rtasida jangchilar yurishi uchun maxsus yo’lak bo’lgan. Shahar devorlari ustiga o’q otish uchun mudofaa burjlari qurilgan. Devorlarda har 2 metrda shinaklar qoldirilgan. Demak, shu davrga kelib Xorazm tuprog’ida yirik shahar markazlari paydo bo’ldi.
O’rta Osiyo viloyatlarining madaniy o’xshashliklariga sabab xalqlarning qo’shni-qarindoshligi, umumiy urf-odatlari, tili, savdo-sotiq, madaniy aloqalari, janubda yuqori darajada rivodlangan madaniyatning ta’siri, janubiy aholi bir qismining Xorazm chegaralari yonida va aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi. Agar ko’rsatib o’tilgan fikrlar, jumladan, oxirgisi to’g’ri bo’lsa, qabilalarning ko’chish jarayoni fors podshosi Kir II ning yurishlaridan ancha oldingi davrlarda boshlangan Janubiy viloyatlarning vakillari va mahalliy aholisi qo’shilish natijasida yangi madaniy va etnik jarayonlar vujudga kelishi mumkin edi. Bu vaziyat, arxeologik va antropologik ma’lumotlarga ko’ra, O’rta Osiyo va xususan O’zbekiston hududida bronza davrida va miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlarida ancha taraqqiy topgan.
Misol uchun, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Janubiy So’g’diyonada (Qashqadaryo vohasi) charxda ishlangan idishlarning paydo bo’lishi, qurilishida g’isht bilan naxsaning ishlatilishi, uy-qo’rg’onlar va ayrim qal’alarning bino qilinishi Baqtriyaning So’g’diyonaga madaniy ta’sirini va baqtriyaliklar tomonidan ba’zi tumanlarning o’zlashtirilishini tasdiqlaydi.
Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VII asrda Amudaryo o’rta oqimi qismidan tortib Orolga yaqin bo’lgan erlarda vujudga kelgan, degan xulosaning to’g’riligi tasdiqlandi. Bu davlat Marg’iyonadagi Marv atrofida shakllanmagan, chunki manbalarga ko’ra, Marg’iyona qadimgi Baqtriya davlatining yirik viloyati bo’lgan. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy chegaralari O’rta Amudaryo oqimidagi erlar orqali o’tgan. Shu erlarda bir-biriga ro’para holatda ikkita qadimgi istehkom - Odoytepa va Qushqal’a qurilgan. Xorazmliklar egalik qilgan erlar So’g’diyona, Marg’iyona va Baqtriyaga tegishli o’lkalarga borib taqalgan Balki shuning uchun ham Gekaney xorazmliklar viloyatini parfiylardan sharqiy tomonda joylashtirgan Gerodot esa parfiyaliklar va xorazmliklarini erlari chegaradosh bo’lgan deb ko’rsatgan.
Kir II O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarini istilo qilib, shu erning bir qismi aholisini yurtimizning shimoliy viloyatlariga siqib chiqarish mumkin edi, ammo Qadimgi Xorazm davlatining vujudga kelishi turli murakkab madaniy, etnik va siyosiy jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, ahamoniylar davridan oldingi zamonlarda boshlangan.
Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda shakllangan va ancha yirik bo’lgan Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlarining aholisi qon-qarindosh elatlar bo’lib, bir-biriga o’xshash tilda gaplashganlar va yaqin madaniy an’analarga ega edilar. Bu davrda jamiyatning hududiy bo’linishi ko’zga tashlanib o’rtoqlashuv jarayoni kuchaydi. Shaharlar qishloq xo’jalik ekinzorlari bilan o’ralib, qal’alar paydo bo’ldi, muhim savdo yo’llari bo’yicha tayanch istehkomlar qurildi, turli makonlar qurilishida mudofaa inshootlarning ahamiyati birinchi o’ringa chiqdi, mustahkam qal’a-panogohlar qurildi, makonlarning harbiy-ma’muriy, hunarmandchilik yoki qishloq xo’jalik faoliyati yanada ko’proq yuzaga chiqdi.
O’zbekistonning turli viloyatlarida arxeologlar qadimgi shahar xarobalarni topib tekshirdilar. Ko’plab arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, bu shaharning ba’zilarning yoshi 2700 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Erqo’rg’on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu qadimiy shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob, Marokanda), Kitob-Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Erqo’rg’on) hududlarida davom etdi. Ya’ni, O’zbekistonning ko’pgina zamonaviy shaharlari ancha qadimgi shaharlar tarixi bilan yaqin aloqadorlik ko’zga tashlanib turibdi.
Eng qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o’ralganligidir. Devorlar suv to’ldirilgan chuqur xandaq bilan o’ralgan bo’lib, bu mudofaa tizimi ancha mustahkam edi. Shaharlar ichki qal’a, aholini guzarlari, hunarmandchilik ustaxonalari va savdo qatorlari joylashgan qismlardan iborat bo’lgan. Shahar atrofidagi soy va anhorlar bo’ylarida dehqonlarning uy-qo’rg’onlari joylashib, ular bog’lar, ekinzorlar bilan o’ralgan edi. Dehqon xo’jaliklarini asosan katta ota urug’i oilalarning vakillari tashkil etgan. Ular alohida uy-joylar, xo’jalik va tomorqa binolarga hamda hosildor erlariga egalik qilganlar. Bundan uy-qo’rg’onlar, Xorazmda (Dingilja), Surxondaryoda (Qizilcha) va Samarqand atrofida (Qo’rg’oncha) topib tekshirilgan.
«Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, urug’-«vis» (ayrim qishloq jamoasi 185 ta katta oila a’zolaridan iborat bo’lgan (75-90 kishi). Surxondaryodagi Qiziltepa shahri atrofida to’rtburchak shaklida qurilgan qadimiy uy-qo’rg’onlar (Qizilcha) 3-4 qo’shni uylardan iborat bo’lib, alohida joylashgan ayrim qishloq jamoasini tashkil qilganlar. Har bir katta oila jamoasi ayrim uy-joyga, chorvaga va erga egalik qilgan. U ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo’lgan. Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug’-qabilaviy birlashuvidan ancha farq qilib, ilk davlat tizimi vujudga kelishi haqida dalolat beradi.
Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining shakllanishida va uning davlatchiligi paydo bo’lishida tub o’troq dehqon aholi alohida o’rin tutganligi haqida muhim tarixiy xulosaga kelish mumkin. O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi taraqqiyoti qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog’liq bo’lgan.
Ilk davlatlarning tashkil bo’lishida, jamiyat rivojining ichki qonuniyatlaridan tashqari (ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi, hunarmandchilik, almashuv va savdoning tez rivojlanishi, sug’orma dehqonchilik va boshqalar) tashqi sabablar - kuchayib borayotgan siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to’qnashuvlar ham ta’sir qildi.
Yuqorida keltirilganlardan ko’pi tasodifiy bo’lmay, aniq shart-sharoitlarga bog’liq edi. Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda O’rta Osiyo va Qozog’istonning ko’pgina tog’ va dasht joylarida yilqichilik va ko’chmanchi chorvachilik keng tarqaldi. Ko’chmanchilar yarog’-aslahalar taraqqiyotida katta yutuqlarga erishib, qudratli harbiy kuchga aylandi. Uyushgan ko’chmanchi qabilalarning o’troq dehqonchilik vohalarga xavfi yanada kuchaydi. O’troq aholi uchun keng ko’lamdagi va ishonchli himoyani tashkil qilish zarur bo’lib qoldi. Shuning uchun ham Xorazm, Baqtriya, Marg’iyona va So’g’diyonadagi o’troq aholining harbiy-siyosiy ittifoqi (uyushmasi) shakllanishida, uyushgan ko’chmanchi qabilalardan tuzilayotgan harbiy xavf hamda ehtimol, Midiya podsholigining Shimoli-sharqiy Eron va O’rta Osiyoning janubiy chegaralariga bo’lgan hududiy bosqini sabab bo’ldi.
O’zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi geografik, hududiy ma’noda nafaqat O’zbekistonning hozirgi hududi bilan, balki qo’shni viloyatlarda ham qadimda yuz bergan etnik, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bog’liq holda talqin qilinmog’i lozim. Tarixning qadimgi davrlarida ilk davlatlar orasida va ajdodlarimizning yashash joylari o’rtasida aniq ma’muriy chegaralar bo’lmagan. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va So’g’d chegaralari tabiiy bo’lib, yaqin hududlardagi o’troq yashash joylarning tabiiy geografik bo’luvchisi sifatida dashtlar, cho’l va tog’lardan foydalanilgan.
Xulosa qilib aytganda, yozma manbalar, arxeologik ma’lumotlar va zamonaviy tarixiy tadqiqotlar asosida O’zbekiston hududida ilk davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni quyidagi davrlar bilan belgilash mumkin:
1. Bronza davri. Miloddan avvalgi 2 ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida va janubiy O’zbekistonda unchalik katta bo’lmagan dehqonchilik vohalari asosida (misol uchun, qadimgi Sherobod vohasi) ilk davlatchilik tizimiga o’tish davri.
2. Bronza davridan temir asriga o’tish davri. Miloddan avvalgi IX - VIII asrlar. Mayda davlat tashkilotlarning rivojlanishi va yirik harbiy-siyosiy uyushmalarning vujudga kelishi. Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm.
3. Ilk temir davri. Miloddan avvalgi VII - VI asrlar. Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya misolidagi yirik davlat uyushmalarining paydo bo’lishi.
Buni tasdiqlamoqda.
«Avesto»da huquqiy munosabatlar. «Avesto» va zardushtiylarning ta’limoti inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari ma’lum qonun-qoidalarga asoslangani haqida ma’lumot beradi.
O’rta Osiyo xalqi davlatchilik tarixi Dovon davlat tarixi bilan uzviy bog’liq. Bu davlat shu nom bilan Xitoy manbalarida tilga olinadi (boshka manbalarda «Parkana», deyilgan). Dovon davlati taxminan miloddan avvalgi III asrda paydo bulgan.
Dovon davlatini tadkikotchilar kadimgi Fargona xisoblaydilar. Yozma manbalarga kura, «Dovon diyorida 70 tacha katta-kichik shaxar bor: axolisining soni bir necha yuz mingga etadi». Olimlar aytishicha, kadimgi Fargonada 300 ming axoli yashagan. Shaxarlarning ichida davlat poytaxti Ershi shaxri aloxida axamiyat kasb etgan. Miloddan avvalgi 104-101 yillarda Xitoy kushinlari Dovonga yurishlar kilib Ershi shaxrini kamal kiladilar. Shu paytda Kang davlati kushinlari yordamga kelib, xitoyliklarga karshi kurashda faol katnashdilar. Xitoy lashkarlari sulxga rozi bo’lib Dovonni tashlab chikadilar.
Dovon davlatining axolisi dexkonchilik bilan shugullangan. Kadimshunoslarning tadkiklari natijasida Fargonada kup sonli uy-kurgonlar, kishlok va shaxar xarobalari topib tekshirilgan. Ular ayrim xosildor dexkonchilik tumanlarida joylashgan.
Kadimgi Fargona kishlok xujaligi, xunarmandchilik va binokorlik yuksak darajada rivojlangan ulka edi. Dovon dexkonlari arpa, sholi, bugdoy va beda etishtirish, bogdorchilik va uzum etishtirishda katga yutuklarga erishganlar.
Fargona uzining «samoviy» otlar zoti bilan mashxur bulgan. Xitoy imperatorining Dovonga bostirib kirishi sabablaridan birini yozma manba shunday ochib beradi: «Dovon davlatining Ershi shaxrida garoyib otlar mavjudligi xakida saroyga xabar keldi. Imperatorning «samoviy» otlarga ishtiyoki ortdi».
Dovon davlati Xitoy, Xindiston va boshka Shark mamlakatlari bilan bulgan xalkaro savdoda muxim urin tutgan.
Miloddan avvalgi IV-III-II asrlarda qadimgi Xorazm mustakil davlat bo’lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu xol Xorazmda uziga xos maxalliy davlatchilik tizimi rivojiga muxim omil bo’ldi.