Kompyuterlashtirish markazi davlat xizmatlari ko’rsatishda muhim o’ringa ega
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi organlarida, ta’lim tizimida va iqtisodiyotning real sektorlarida keng joriy etish maqsadga muvofiqdir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 24-qaroriga asosan, Xorazm viloyat hokimligi huzurida "Kompyuterlashtirish markazi" davlat unitar korxonasi tashkil etilgan bulib, uning yangi tahrirdagi Nizomi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan va hozirgi kunda ustav fondi tuliq shakllantirilgan. Hozirda markazning shtat jadvali buyicha xodimlar soni 20 nafarni, amalda esa faoliyat kursatib kelayotganlar 12 nafar kishini tashkil etadi.

Markaz tomonidan 80dan ortiq viloyat korxona va tashkilotlariga servis xizmatlari ko’rsatilyapti. Ular bilan markaz o’rtasidagi hisob-kitob ishlarini olib boruvchi "Kompyuter servis" axborot tizimi yulga qo’yilgan bo’lib, har bir korxona uchun tizimda 80dan ziyod "Shaxsiy kabinetlar" yaratilgan.

Zamonaviy AKTni davlat boshqaruvi organlarida, ta’lim tizimida va iqtisodiyotning real sektorida keng joriy etish, ish o’rinlarini avtomatlashtirish maqsadida viloyat Kompyuterlashtirish markazi bir qator tizimlar ishlab chiqqan. Jumladan, viloyatda qishloq xujaligi ishlarini avtomatlashtirilgan tizimda samarali monitoring qilish maqsadida fermer xujaliklariga ajratilgan ekin erlariga qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish, mineral o’g’it, neft mahsulotlari tarqatish va debitor-kreditor qarzdorlikni on-line orqali kuzatib borish imkonini beruvchi tizimlar yulga qo’yilgan. Xo’jalik hisobidagi er tuzish va ko’chmas mulk kadastr xizmatini kursatuvchi tashkilotlar uchun muljallangan, xodimlarning ish samaradorligi va sifatini oshirish, hududlar buyicha er va kuchmas mulklar tug’risidagi ma’lumotlarni yaxlit holda elektron shaklda saqlash va daxlsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi E-Kad tizimi avtomatlashtirilgan.

Viloyatda 2015 yil birinchi chorak baholash kursatkichlariga asosan AKTni joriy etish 82,5 foizni tashkil qiladi.

- Komiyuterlashtirish markazining filiallari bugungi kunda Hazorasp va Xonqa tumanlari hokimliklarida tashkil etilgan, - deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Qushnazar Hayitboev. - Qolgan shahar va tumanlarda ham bu ishlar yulga qo’yilmoqda. Chunki, mahalliy hokimliklarda ayrim muammolarning mavjudligi (shahar va tumanlar hokimliklari biznes-rejalarida AKTni rivojlantirish buyicha etarli darajada mablag’lar ko’zda tutilmaganligi, AKTga mas’ul mutaxassislar tayinlanmaganligi) natijasida Kompyuterlashtirish markazini joylarda shakllantirish ijobiy tomonga o’zgarmayapti. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 fevraldagi 24-qaroriga asosan "Kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonalari telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko’rsatish faoliyatinn amalga oshiradilar. Tuman hokimliklarining barchasida Kompyuterlashtirish markazi hamda veb-portallar tashkil etilsa, fuqarolar, tadbirkorlarning murojaatlari va muammolari "bir darcha” orqali ko’rib chiqilib, tezkor hal etilgan bo’lardi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi "Davlat xizmatlari kursatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug’risida"gi 120-qaroriga muvofiq aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish, davlat organlarining ma’muriy tartibotlarini axborotlashtirish belgilangan.

Davlat xizmatlari ko’rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o’rtasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilishi katta ahamiyatta egadir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 27 oktyabrdagi 289-qaroriga asosan davlat va xujalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari kompyuter savodxonligining minimal darajasi talablarga muvofiqligi yuzasidan viloyat buyicha 84ta korxona va tashkilotdan jami 2248 nafar xodim attestatsiyadan utkazildi. Ulardan 1663 nafari sinovdan muvaffaqiyatli utdi.

Xorazm viloyati hokimligi veb-sayti (www.xorazm.uz) yangi dizaynda yaratilib ishga tushirildi. Ushbu veb-sayt orqali bugungi kunda 12ta interaktiv xizmatlar ko’rsatilayotir. Bundan tashqari, saytda qo’shimcha 10ta interaktiv xizmat joriy etildi. Xorazm viloyati hokimligi veb-saytiga kuni ga urtacha 500-600tagacha tashriflar amalga oshirilyapti. Markaziy apparatda elektron pochtaga ega xodimlar soni 44 nafar, ya’ni yuz foiz, 14ta xodim elektron raqamli imzoga ega.

- 2015 yilda viloyatning chekka qishloqlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, jumladan, yuqori tezlikdagi internet, IPTV xizmatlarini joriy qilish maqsadida Bog’ot tumani "Toshkent"qishloq ATSgacha 0,5km., Gurlan tumani "Amudaryo" qishloq ATSgacha 2,8 km., Qo’shko’pir tumani "Xorazm”, O.Jumaniyozov" qishloq ATSlarigacha 7,4 km., Xonqa tumani "G’alaba", "Madir", "Navxos" qishloqlari ATSlarigacha 14,7 km., Shovot tumani "Mehnatobod" qishloq ATSgacha 7,1 km., Yangibozor tumani "Madaniyat" va "Mingbog’olon"qishloq ATSlarigacha 8,5km. optik tolali kabel liniyasi yotqizilib, jami 41 km. optik tolali aloqa liniyalari qurilishi olib borilmoqda, — deya suzini davom ettirdi Q.Hayitboev.

2015-2020 yillarda viloyatda 355 kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyasi yotqizilib, keng polosali telekommunikatsiya infratuzilmasi yaratilishi belgilangan.

Viloyat markazida bo’lgani kabi, barcha tumanlarda ham Kompyuterlashtirish markazi rivojlantirilsa, fuqaro va tadbirkorlarga davlat xizmati kursatish hajmi yanada oshgan bo’lar edi.

Nilufar JABBOROVA,
“Xabar”ning Xorazm viloyatidagi muxbiri

KO`P O`QILGANLAR