Bu haqda Infocom.uz xabar bermoqda. Mazkur elektron o‘quv-qo‘llanmada Osiyo qit’asiga kiruvchi 47 davlat haqida ma’lumot beriladi. Xususan, mamlakatlarning rasmiy nomlanishi, geografik joylashuvi, iqlimi, xaritasi, ma’muriy taqsimlanishi, davlat ramzlari, aholisi va dini, siyosiy tizimi, iqtisodiyoti, tarixi, madaniyati, qadimiy shaharlari va boshqa ko‘plab qimmatli ma’lumotlar rasmlari bilan birga aks ettirilgan.
Bundan tashqari qo‘llanma videomateriallari dinamik sur’at bilan qurollantirilgani o‘rganuvchiga o‘rganilayotgan hodisani turli tomondan tajriba qilish, ko‘rish imkonini beradi.
“Elektron qo‘llanma mualliflari – N.Matkarimova, N.Annayeva va M.Baltayevaga № DGU 03116 raqamli guvohnoma berildi”, – deyiladi xabarda.