Eng uzoq umr ko‘rish rekordini xorazmlik 119 yoshli Momoxon Romanova yangiladi.
Xorazm viloyatining chekka tumanlaridan birida joylashgan xonadondan ziyoratchilarning qadami uzilmaydi. Har bir inson bir bor bo‘lsa-da, xonadonning tabarruk egasini ziyorat qilishga shoshiladi.

Buning sababi bor albatta. Mazkur xonadonda istiqomat qilayotgan va 120 yoshga qarab ketayotgan Momoxon Romanova 1896-yilda tavallud topgan. Onaxon xonadoniga tashrif buyurgan har bir insonga uzoq umr, yurtga tinchlik va farovonlik tilab, duoga qo‘l ochgan holda qarshi oladi.

Yangibozor tumanida istiqomat qilayotgan Momoxon Romanovani tom ma’noda piru badavlat inson, deb atash mumkin. 11 farzandning onasi, 50 dan ziyod nevara, yetmishinchi chevarasini bag‘riga bosgan onaxon uch asrlik tarixning yorqin siymosidir.

Momoxon Romanovaga qadar O‘zbekistonda yashovchi dunyoning eng yoshi ulug‘ insoni – To‘ti momo Yusupova edi. Qoraqalpog‘istonlik To‘ti Yusupova 2015-yil bahorida 135 yoshida vafot etgandi.

Eslatib o‘tamiz, rasman dunyoning eng keksa kishisi deb tan olingan amerikalik Jeralien Telli 17-iyun kuni 116 yoshida olamdan o‘tgan.

Manba: daryo.uz

KO`P O`QILGANLAR